Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu: Modrichni "Oltin to'p bilan tabriklayman, lekin har yili bu sovrinni men olishim kerak

"Real" sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Oltin to'p haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Shuni aytishim mumkinki, har yili "Oltin to'p"ni men qo'lga kiritishim kerak. Men bu sovrin uchun mehnat qilaman, lekin bu sovrinni yutmasam ham bu bilan zamon tugab qolmaydi.

Uni yutmaganimdan tushkun kayfiyatdaman deya olmayman. Men dunyoning eng kuchli klubida to'p suraman. Naxotki siz meni uyiga borib yig'laydi deb o'ylaysiz. Modrichni tabriklayman, u bunga haqli. Ammo kelasi mavsum yana uchrashamiz va men cho'qqida bo'lishim uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.

Shuni aytishim mumkin, "Yuventus"da hamma bir oila. Boshqa klublarda bunday kollektiv yo'q. Ularda hamma birini biridan ustun qo'yishadi. Biz xotirjammiz va g'alaba qozonishni xohlaymiz. Agarda Dybala va Manjukich gol kirita olmasa xafa bo'lishmaydi va doimo kulib yurishadi. Bu ajoyib. Hech qanday farqni ko'rmayapman. "Real"da ham o'zini bosib olgan futbolchilar bor, ammo ... Bu yerda o'zimni u yerdagidan yaxshi xis etaman. "Yuventus"da bir oiladekmiz.

O'tmish ortda qoldi. Endi "Yuventus" bilan g'alaba qozonishni istayman. Qolgani muhim emas. Agarda "Real" bilan to'qnash kelib qolsak, ularni yengish uchun bor kuchimni ishga solaman.

Yangilar? OAV Xames, Beyl va Asensiolar haqida gapirishmoqda, lekin ochig'ini aytsam, "Yuventus"ga ular kerak emas. Qolganini prezidentdan so'rang.

Menga Messi yetishmayotgan bo'lishi mumkindir, balki Messiga men yetishmayotgandirman. Men o'zim o'ynagan barcha klublarda va terma jamoamda muvaffaqqiyat qozonganman. U esa - faqat Ispaniyada. Yana qandaydir tushuntirishlar keltirishim shart emas. Men chaqiriqlarni qabul qildim va fantastik o'yinchi bo'lib qolyapman",-  deydi hujumchi.

Bobojonov

BestMaster
10 Dekabr 2018, 22:30
ronaldu, modrichni, oltin, bilan, tabriklayman, lekin, yili, sovrinni, olishim, kerak,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 13
12 >>
 xalidjon  
Frimeno 1 sen suka nimalar deyabsan avval to'g'ri yoz sen o'zing halolmisan
11 Dekabr 2018, 19:35
 uzbbale  
E agar wu real bumaganda wu ronaldo ham hic kim bumesdi oscarga uxwab puli ketidan xitoya kitesdi
11 Dekabr 2018, 19:38
 madadkor  
Ranoldo yunaytedda ham ranoldo edi. Agar realga kelmagandda ham barbr wu darajaga chiqardi
12 Dekabr 2018, 00:41
 salgado  
Ha mancestirda kalganda shunaka uc marta ketma ket cem lig kazanardi undan aldin bir marta kazana alardi ha
12 Dekabr 2018, 01:38
 salgado  
Agar realda oynamaganda bunaka narsalarni arzuv kilop otirardi anglada
12 Dekabr 2018, 01:41
 letenant007894  
Realchila bunaqa'masde endi RONALDU Realga hamma narsa oberdi otgan yili RONALDU 5 oyinga diskfalifikasiya etilganda Real juda qiynalgandi RONALDU Qaytgach REAL yana ochilgandi sellani bilmadimu men RONALDU'NI mexnatini qadirlayman ! ! ! ! ! !
12 Dekabr 2018, 14:20
 letenant007894  
Yana bir gap bunaqa mish-mishlarga ishonmela RONALDU hech hachon bunaqa demidi
12 Dekabr 2018, 14:22
 xalidjon  
Ronaldu realga ko'p foydasi tegdi agar zo'r bo'lmaganda real uning
13 Dekabr 2018, 02:28
 xalidjon  
Haykalini yaratarmidi 5 karra oltin to'p sohibi bo'lgan 3 marta liga chempionovni
13 Dekabr 2018, 02:35
 xalidjon  
Haykalini yaratarmidi 5 karra oltin to'p sohibi bo'lgan 3 marta liga chempionovni olib bergan Ronalduday hechkim mehtat qilmayabdi
13 Dekabr 2018, 02:38
12 >>
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads