Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu: Modrichni "Oltin to'p bilan tabriklayman, lekin har yili bu sovrinni men olishim kerak

"Real" sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Oltin to'p haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Shuni aytishim mumkinki, har yili "Oltin to'p"ni men qo'lga kiritishim kerak. Men bu sovrin uchun mehnat qilaman, lekin bu sovrinni yutmasam ham bu bilan zamon tugab qolmaydi.

Uni yutmaganimdan tushkun kayfiyatdaman deya olmayman. Men dunyoning eng kuchli klubida to'p suraman. Naxotki siz meni uyiga borib yig'laydi deb o'ylaysiz. Modrichni tabriklayman, u bunga haqli. Ammo kelasi mavsum yana uchrashamiz va men cho'qqida bo'lishim uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.

Shuni aytishim mumkin, "Yuventus"da hamma bir oila. Boshqa klublarda bunday kollektiv yo'q. Ularda hamma birini biridan ustun qo'yishadi. Biz xotirjammiz va g'alaba qozonishni xohlaymiz. Agarda Dybala va Manjukich gol kirita olmasa xafa bo'lishmaydi va doimo kulib yurishadi. Bu ajoyib. Hech qanday farqni ko'rmayapman. "Real"da ham o'zini bosib olgan futbolchilar bor, ammo ... Bu yerda o'zimni u yerdagidan yaxshi xis etaman. "Yuventus"da bir oiladekmiz.

O'tmish ortda qoldi. Endi "Yuventus" bilan g'alaba qozonishni istayman. Qolgani muhim emas. Agarda "Real" bilan to'qnash kelib qolsak, ularni yengish uchun bor kuchimni ishga solaman.

Yangilar? OAV Xames, Beyl va Asensiolar haqida gapirishmoqda, lekin ochig'ini aytsam, "Yuventus"ga ular kerak emas. Qolganini prezidentdan so'rang.

Menga Messi yetishmayotgan bo'lishi mumkindir, balki Messiga men yetishmayotgandirman. Men o'zim o'ynagan barcha klublarda va terma jamoamda muvaffaqqiyat qozonganman. U esa - faqat Ispaniyada. Yana qandaydir tushuntirishlar keltirishim shart emas. Men chaqiriqlarni qabul qildim va fantastik o'yinchi bo'lib qolyapman",-  deydi hujumchi.

Bobojonov

BestMaster
10 Dekabr 2018, 22:30
ronaldu, modrichni, oltin, bilan, tabriklayman, lekin, yili, sovrinni, olishim, kerak,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 13
<< 1 2
 uzbbale  
Sliwkim baland parvoz gapla bilan hammani bowini qotirmasdan neciga kirganini bil sani ranaldo qigan wu real ku bo katta ketasan agar uwa marcelo karvajal benzemalar bumaganda 40 talab gol urolmesanam juveda hic kim ulardek zur asisst bulolmedi
11 Dekabr 2018, 13:59
shoxcr7real
 shoxcr7real  
Ranaldu bowidam wundy 6zi u4un eng aptimal qaror qildi uni qaroriu fikrlarini hurmat qilaman
11 Dekabr 2018, 15:20
 Firmeno1  
Harom pronoldo aming shiqsin
11 Dekabr 2018, 19:10
<< 1 2
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads