Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Varan: Bizda jamoaviy futbol yaxshi shakllanmagan. Raqiblarning oddiy futboliga bardosh bera olmadik

"Real" himoyachisi Rafael Varan "Eybar"ga qarshi o'yindan so'ng intervyu berib o'tdi.

"Eybar" juda to'g'ri o'ynadi. Agarda biz individual xatolar sabab mag'lub bo'lsak, bu bizning aybimiz. Biz deyarli hech narsa qila olmadik, raqib yuqori pressing namoyish qildi. Bizda jamoaviy futbol yaxshi shakllanmagan. Raqiblarning oddiy futboliga bardosh bera olmadik.

Biz harakat qildik, ammo futbolimizni namoyish qila olmadik, jamoaviy muammolarimiz bor. Mehnat qilishda davom etishimiz kerak. Chempionatda 19 ta gol o'tkazib yuborish? Bu jamoaviy muammo. Vaziyatdan xabardormiz va bunga qarshi chora ko'rishimiz zarur", - deydi Varan.

Bobojonov

BestMaster
25 Noyabr 2018, 08:40
varan, bizda, jamoaviy, futbol, yaxshi, shakllanmagan, raqiblarning, oddiy, futboliga, bardosh, bera, olmadik,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads