Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ramos: Bu yil ham o'z sovrinimizni himoya qilamiz, bu qo'shimcha motivatsiya beradi

"Real" sardori Serhio Ramos Xulen Lopetegi bilan "Roma"ga qarshi o'yin oldidan press-konferensiyada qatnashdi.

"Ketma-ket 3 ta chempionlik tasodif emas. Biz hardoim g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz. Bizga favorit degan taxallus shart emas, biz shunchaki barcha turnirlar uchun kurashamiz. Va buning uchun qadamma-qadam olg'a boramiz."

"Wanda Metropolitano"dagi final haqida:

"Real" nima bo'lganda ham barcha turnirlar uchun kurashadi. Bu yil ham o'z sovrinimizni himoya qilamiz, bu qo'shimcha motivatsiya beradi. Shu bilan "Atletiko" ham bizning prinsipial raqibimiz".

Grizmann haqida:

"Grizmanning gaplarini eshtiganimda, ko'p futbolchilar esimga tushadi: Buffon, Totti, Maldini, Xavi, Iniesta, Iker Kasilyas, ular barcha sovrinlar yutishgan, biroq ularda "Oltin to'p" yo'q. Shu o'rinda har bir futbolchi, inson erkin fikr bildirish huquqiga ega. O'ylashimcha, Grizmann fikr bildirishdan oldin, murabbiyi, jamoadoshlaridan maslaxat olishi kerak. Masalan Koke yoki Diego Godindan. Shunday bo'lsada men doimo Antuanga omad tilaganman va uni ajoyib futbolchi ekanligini aytib kelganman".

Turnir haqida:

"Biz uzoq karvon ila yo'lga chiqdik. Bu yerda juda kuchli jamoalar bor va asosiy raqibimiz "Barselona" ham. Hozirda ular asosiy da'vogarlardan biri. Ular bu turnirga bu yil katta e'tibor qaratishadi, buni jamoasidagi buyuk futbolchilar ham alohida ta'kidlab o'tdi".

Iskoning Qirol kubogi haqidagi fikri:

"Men chempionlikni orzu qilaman. To'g'ri barcha musobaqalar muhim, lekin mening nazarimda va tajribamdan kelib chiqib shuni ayta olamanki Chempionlar Ligasida yutish oson emas. Isko va bu jamoadagi har qanday futbolchilar uchta Qirol kubogidan bitta Chempionlar Ligasi yaxshi ekanligini juda yaxshi bilishadi".

Krishtianu Ronaldu haqida:

"U Madridda ajoyib davrni o'tkazdi va ko'plab rekordlar qayd etdi. Ammo endi bu o'tmish. "Real Madrid" hozirda hammasini noldan boshlamoqda va o'ziga ishonchni orttirib olishi kerak. Biz har doim Ronalduga omadlar tilaymiz, hozircha biz bilan to'qnash kelmaguncha."

Bobojonov

BestMaster
19 Sentabr 2018, 09:50
ramos, sovrinimizni, himoya, qilamiz, qoshimcha, motivatsiya, beradi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads