Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. Guruh bosqichiga tashlanadigan qur'a haqida barcha ma'lumotlar

Bugun, 30 avgust kuni Monakoda Evropa chempionlar ligasi 2018/2019 mavsumining guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Bugun, 30 avgust kuni Monakoda Evropa chempionlar ligasi 2018/2019 mavsumining guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Ushbu marosim haqida foydali ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilamiz.

Saralash bosqichi haqida
Xabaringiz bor, ushbu mavsumda saralash bosqichi yangi formatda o'tkazildi. Ya'ni 26ta klubga to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichi yo'llanmasi taqdim etilgan bo'lsa, qolgan 6ta yo'llanma egasi saralash bosqichi orqali aniqlandi.

Savatchalar tarkibi haqida
Qur'adan oldin jamoalar 4ta savatchaga taqsimlanadi. Birinchi savatchadan EChL va Evropa ligasining amaldagi g'olibi hamda UEFA reytingida yuqori o'rinni egallagan 6ta mamlakatning chempionlari o'rin olishadi.

1-savatcha: «Real», «Atletiko», «Barselona», «Bavariya», «Manchester Siti», «Yuventus», «PSJ», «Lokomotiv»;

2-savatcha: «Borussiya» Dortmund, «Portu», «Manchester Yunayted», «Shaxter», «Benfika», «Napoli», «Tottenxem», «Roma»;

3-savatcha: «Valensiya», «Liverpul», «Ayaks», «Shalke», «Lion», «Monako», TsSKA, PSV;

4-savatcha: «Tsrvena Zvezda», «Viktoriya» Plzen, «Bryugge», «Galatasaroy», «Yang Boyz», «Inter», «Xoffenxaym», AEK.

Qachon va qaerda?
Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bugun Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. Tadbir FUTBOL TV orqali jonli efirda namoyish etiladi.


Qur'a tartibi haqida
Bitta savatchadan o'rin olgan jamoalar bir guruhdan o'rin olishmaydi. Shuningdek, bir mamlakat vakillari bitta guruhdan o'rin olishmaydi. Ular turli guruhlardan o'rin olishadi.

Qur'a tashlash marosimida quyidagi nominatsiyalar bo'yicha g'oliblarga sovrinlar topshiriladi.
— Mavsumning eng yaxshi futbolchisi;
— Mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi;
— EChL-2017/18ning eng yaxshi darvozaboni;
— EChL-2017/18ning eng yaxshi himoyachisi;
— EChL-2017/18ning eng yaxshi yarim himoyachisi;
— EChL-2017/18ning eng yaxshi hujumchisi;

Mavsum taqvimi

Guruh bosqichi
1-tur — 18/19 sentyabr
2-tur  — 2/3 oktyabr
3-tur  — 23/24 oktyabr
4-tur  — 6/7 noyabr
5-tur — 27/28 noyabr
6-tur — 11/12 dekabr

Nimchorak finalga qur'a tashlash marosimi — 17 dekabr

Nimchorak finalning dastlabki o'yinlari — 12/13/19/20 fevral
Nimchorak finalning javob o'yinlari — 5/6/12/13 mart

Chorak finalga qur'a tashlash marosimi — 15 mart

Chorak finalning dastlabki o'yinlari — 9/10 aprel
Chorak finalning javob o'yinlari — 16/17 aprel

Yarim finalga qur'a tashlash marosimi — 19 aprel

Yarim finalning dastlabki o'yinlari — 30 aprel/1 may
Yarim finalning javob o'yinlari — 7/8 may

FINAL — 1 iyun. "Metropolitano", Madrid

BestMaster
30 Avgust 2018, 08:30
guruh, bosqichiga, tashlanadigan, qura, haqida, barcha, malumotlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads