Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. Ikkinchi tarkibdagi “Real” “Sevilya”ga imkoniyatni boy berdi

Ispaniya chempionati 34-turi doirasida «Sevilya» hamda «Real» o'rtasidagi qoldirilgan uchrashuv o'z poyoniga etdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionati 34-turi doirasida «Sevilya» hamda «Real» o'rtasidagi qoldirilgan uchrashuv o'z poyoniga etdi. Qiziqarli tarzda o'tgan o'yin 3:2 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, uchrashuvning 26-daqiqasida Ben-Yedder hisobni ochdi. Taym yakunlanishi arafasida mezbonlar yana bir ajoyib qarshi hujum tashkil etishdi va Migel Layyun vaziyatni gol bilan yakunladi.

Ikkinchi bo'lim o'rtalariga kelib, «Real» futbolchilari penalti tepish imkoniyatiga ega bo'lishdi, ammo Serxio Ramosning zarbasi to'singa tegib darvoza chizig'idan qaytdi.

84-daqiqada «Sevilya»ning yana bir hujumi gol bilan yakunlandi. Gabriel Merkadoning zarbasidan so'ng to'p Ramosning oyog'idan darvoza to'riga borib tushdi, 3:0.

87-daqiqada Asensioning uzatmasidan so'ng Mayoral boshi bilan darvozani ishg'ol qilib, hisobni qisqartirdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda esa madridliklar yana bir penalti tepish imkoniyatiga ega bo'lishdi va bu safar jamoa sardori zarbada adashmadi, 3:2.

Mehmonlar o'yin yakunida kichik iroda namoyish qilishdi. Ammo mag'lubiyatdan qutilib qolish «Real»ga nasib etmadi.

Ispaniya primerosi. 34-tur

Sevilya – Real madrid – 3:2 (2:0)

9 may, «Ramon Sanches Pisxuan»

Gollar: 1:0 – 26 Ben-Yedder, 2:0 – 45 Layyun, 3:0 – 84, avtogol Ramos, 3:1 – 87 Mayoral, 3:2 – 90, penalti Ramos.

Sevilya: Soriya, Langle, Parexa, Eskudero, Merkado, Nzonzi, Pisarro, Vaskes (Mesa, 79), Layyun, Muriel (Sandro Ramires, 62), Ben-Yedder (Karrisu, 81).

Real Madrid: Kasilya, Valexo, Teo, Nacho, Ramos, Sebalos (Mayoral, 70), Kazemiro (Lorente, 87), Vaskes, Kovachich, Asensio, Benzema.

Ogohlantirishlar: Merkado (42), Pisarro (69), Ramos (83), Eskudero (90).

BestMaster
10 May 2018, 02:50
liga, ikkinchi, tarkibdagi, “real”, “sevilya”ga, imkoniyatni, berdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Jonipay1987  
Хеч булмаса Бейл тушиши керак эди шундай пайт уйнамаса качон уйнайди маймун
10 May 2018, 09:42
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads