Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. «Real» ketma-ket ikkita chempionlikni uddaladi!

Evropa chempionlar ligasining navbatdagi g'olibi aniqlandi.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasining navbatdagi g'olibi aniqlandi. "Real" klubi finalda "Yuventus" ustidan ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

Biroz kutilmaganda, Allegri shogirdlari o'yinni katta tashabbus bilan boshlashdi. Dastlabki 10 daqiqa ichida ular "Real" darvozasi tomon bosim uyushtirishdi. Iguain tomonidan bosh bilan va uzoq masofadan oyoq berilgan zarbalarni Navas qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Madridliklar asta-sekin to'pni nazorat qila boshladilar, ammo ular hisob ochuvchi golni qarshi hujum orqali kiritishdi. Kroos chap qanotdan oldinga o'tdi va to'p Benzema orqali Ronalduga etkazildi. Krishtianu to'pni o'ng qanotdan yordamga kelgan Karvaxalga berdi va o'zi jarima maydonchasiga kirdi. Daniel to'pni Ronalduning o'ziga etkazdi. Portugaliyalik futbolchi 13-14 metrlardan zarba berib, darvozani ishg'ol qildi. To'p yo'l-yo'lakay Bonuchchining oyog'iga tekkani Buffonning ishini og'irlashtirdi.

"Keksa sinora" hisobni ancha tez va juda chiroyli tarzda tenglashtirdi. Aleks Sandro chap qanotdan jarima maydonchasiga etkazgan to'pni Iguain qabul qildi va Manjukichga uzatdi. Mario to'pni ko'kragi bilan o'ziga bo'ysundirib, akrobatik uslubda zarba berdi. To'p Keylorning ustida oshib o'tib, to'rga borib tushdi.

Tomonlar bittadan gol almashganlaridan keyin ehtiyotkorlikni oshirishdi. Goh u, goh bu jamoa to'pni nazorat qildi, ammo tanaffusga qadar muxlislar boshqa gol ko'rishmadi.

Ikkinchi bo'limda esa o'yin boshidagi "Yuve"dan asar ham qolmadi. "Madrid" o'yinni to'la o'z nazoratiga oldi. Natijada "Real" g'alabani o'z tomoniga og'dirdi. Uchrashuvning 61-daqiqasida Kazemiro kutilmaganda olis masofadan zarba berdi. To'p Xediraning oyog'iga tegib, o'z yo'nalishini o'zgartirdi va darvoza burchagiga borib tushdi.

"Zebralar" hali o'zlariga kelib ulgurmasidan Ronaldu raqibga yana bir "tarsaki" tushirdi. Karvaxal o'ng qanotdan oldinga o'tayotgan Modrichga uzatma berdi hamda Luka to'pni darvozabon maydonchasiga etkazdi. Ronaldu qaerdandir paydo bo'ldi va yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi.

Ushbu gol "Yuventus"ni butunlay sindirib bo'ldi. O'yin so'ngida hakamlar Kuadradoni nohaq maydondan chetlatishgani ham hech narsani hal qilmadi, desak bo'ladi. Asosiy vaqtning so'nggi daqiqasida "Qirollik klubi" hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va ajoyib uzatma berdi. Asnesio yaqin masofadan darvozani zabt etdi.

Shu tariqa, "Real" Evropa chempionlar ligasi tarixida ketma-ket ikki marta g'oliblikni qo'lga kiritgan ilk jamoaga, Zidan esa shunday sharafli unvonga ega bo'lgan dastlabki mutaxassisga ega bo'ldi.

Evropa chempionlar ligasi, final
"YuVENTUS" - "REAL MADRID" 1:4 (1:1)
3 iyun, 23.45, «National Stadium»
Gollar: 0:1 – 20 Ronaldu, 1:1 – 27 Mandjukich, 1:2 – 61 Kazemiro, 1:3 – 64 Ronaldu, 1:4 – 90 Asensio.
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Bardzali (Kuadrado, 66), Pyanich (Markizio, 70), Xedira, Dani Alves, Mandjukich, Iguain, Dibala (Lemina, 78).
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos (Morata, 89), Kazemiro, Isko (Asensio, 82), Modrich, Ronaldu, Benzema (Beyl, 77).
Ogohlantirishlar: Dibala (12), Ramos (31), Karvaxal (42), Kroos (53), Pyanich (66), Aleks Sandro (70), Kuadrado (72).
Chetlatish: Kuadrado (84).

BestMaster
4 Iyun 2017, 01:54
«real», ketma-ket, ikkita, chempionlikni, uddaladi!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 Artiqov  
G'alaba muborak RMA muxlislariga
4 Iyun 2017, 01:56
 isko  
Real bu real. Real xamisha N1
4 Iyun 2017, 01:58
 morata21  
Tabriklayman xammani 12 kubok bn Real bu Real
4 Iyun 2017, 02:03
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads