Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Yuventus» – «Real»: nega asosiy tarkibda Isko tushishi kerak?

Chempionlar Ligasi final bahsida “Real” asosiy tarkibida Isko tushishi kerakligini ko'plab muxlislar istayotgani aniq.

.
- Yuklab olish

Chempionlar Ligasi final bahsida “Real” asosiy tarkibida Isko tushishi kerakligini ko'plab muxlislar istayotgani aniq. Goal nashri Beyl emas, nega aynan Isko tushishi zarurligi haqida to'xtalib o'tdi.

Garet Beyl o'z ona yurtida bo'lib o'tadigan final bahsida ishtirok etish uchun qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda. Agarda final bahsida hal qiluvchi golni ursa Gollivud ssenaristlari uchun ajoyib g'oya bo'lar edi. Biroq asosiy tarkibda tushishi uchun o'zining haqligini isbotlay olgan qahramon bor. Mavsum davomida ko'p vaqtini zaxirada o'tkazgan Isko so'nggi paytlarda asosiy tarkib uchun munosib nomzod ekanligini isbotlab bo'ldi. Andalusiyalik yarim himoyachi o'zining mahorati bilan nafaqat klub muxlislarini, hatto Zidanni ham lol qoldirdi.

Isko va Beyl birgalikda ushbu mavsumning 16 o'yinida ishtirok etdi. Ammo final bahsida ikkovidan biri maydondan tashqarida qolishi kerak. Jarohatlardan endigina qutulgan Beyl yuqori sport formasini tiklab ololganicha yo'q. Isko esa hozirda mukammal o'yinini namoyish etmoqda. BBC uchligining “oltin” davrida, bu masala umuman tortishilmas edi. Ronaldu ham u paytda to'psiz o'ynay olishi, raqib himoyachilariga kuchli bosim o'tkaza olar edi.

Hozirda esa Zidan hujumkorlikni ta'minlashni aynan Iskoga yuklab qo'ygan. Bu esa hujumdagi sheriklariga qulay sharoit yaratib beradi. Boisi, Ronaldu ortiq 20 yoshda emas, boz ustiga portugaliyalik yulduz to'pni etkazib berishdan ko'ra uni qabul qilishni ma'qul ko'radigan versiyasiga aylangan. Benzema hamon “Benzema”. Raqib himoyachilarini o'ziga jalb qilgan holda, jamoadoshlariga ochiq maydon yaratib berishga intiladigan Benzema. Bunday o'yin sxemasida Iskoning yarim himoyadagi sheriklarining yordamiga tayangan holda, hujumdagi muvozanatni ta'minlab bermoqda. “Hujum – himoya” qarama-qarshiligi bo'lib o'tishi kutilayotgan final bahsida “Real”ga aynan Isko judayam zarur.  

BestMaster
3 Iyun 2017, 22:14
«yuventus», «real», nega, asosiy, tarkibda, isko, tushishi, kerak?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads