Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: "Real" bosimni qanday yengishni biladi, chunki biz har doim favoritmiz

Fransiyalik mutaxasis Zinedin Zidan Kardiffda bo'ladigan final oldidan press-konferensiyada qatnashdi.

"Biz tayyormiz. Bu yerga kelishdan oldin juda katta mexnat qildik. Qo'shimchasiga, chempionatda zafar quchdik. Hozirda bizda yaxshi davrlar kechmoqda va eng asosiysi biz barchamiz bu uchrashuvga tayyormiz. Bosim? "Madrid"da har doim bosim bo'lgan. Murabbiylik faoliyatimda ham futbolchilik faoliyatimda ham. Buni jamoadagi barcha futbolchilar biladi. Ular aytapdiki biz favoritmiz, shuning uchun bizda doim bosim bo'ladi. Lekin uchrashuvda imkoniyat teng, favorit yo'q. Biz Chempionlar Ligasini yana yutish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz."

Xis tuyg'ular:

"Agar siz mendan so'rasangiz, men xuddi bolalarday yashayapman va o'z ishimdan zavq olayapman. Men bu jamoani murabbiyiman, lekin biz bu yerda ko'pchilikmiz. Yana bir bor Chempionlar Ligasi finalida ishtirok etayotganimdan xursandman. Uchrashuvda hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz buyuk jamoaga qarshi maydonga tushamiz. Ammo barchamiz yakun yaxshi bo'lishini xohlaymiz."

Krishtianu Ronaldu haqida:

"Krishtianu — yaxshi inson. U g'alaba qozonishdan charchamaydi. U hatto mashg'ulotlarda ham g'alaba qozonishni istaydi. Bu uning qonida bor. Ronaldu tug'ma yetakchi, ayniqsa maydonda. Agar u bilan birga o'ynaganimizda Ronaldu yulduz bo'lar edi, chunki u ko'p gol uradi. Men ularni yopiq futbol ko'rsatadi deb o'ylamayman. Ikkala jamoa ham ochiq futbol namoyish etadi. Shaxsan men ochiq futbol kutyapman."

Isko va Beyl haqida:

"Men kim o'ynashini ayta olmayman. Balki ular birga o'ynar. Gap faqat ruhiyatda emas, albatta, jismonan ham tayor bo'lish kerak. Biz hozir yaxshi formadamiz."

Alves haqida:

"Har kim o'z fikriga ega. U 1998-yil u yerda bo'lmagan, lekin har kim xar narsani o'ylaydi. Meni faqat ertanggi o'yin qiziqtiradi."

Motivatsiya:

"Motivatsiya g'alaba uchun eng muhim omil. Bu narsa barcha futbolchilarda bor deb o'ylayman. Insonlar "Real Madrid"ni yaxshi biladi. Bizda oldingiga qaraganda amalda hech narsa o'zgarmadi. Biz xotirjamlikni saqlab qolishimiz kerak va maksimum natijaga erishishimiz lozim."

Yarimhimoyachilarning o'rni:

Barcha chiziqlar muhim ahamiyatga ega. Lekin muhim golni kiritish har doim ham oson emas. Men yaxshi futbol o'ynaganman, lekin juda ko'p gol kiritganman. Menda ham muhim gollar bo'lgan, lekin ko'p emas."

"Yuventus haqida:

"Men "Yuventus" nimani o'ylayotgani bilmayman, meni faqat "Madrid" qiziqtiradi. "Yuventus" nafaqat himoyada, balki hujumda ham yaxshi. Ular har doim ajoyib jamoa bo'lib kelgan."

 

BestMaster
3 Iyun 2017, 02:59
zidan, real, bosimni, qanday, yengishni, biladi, chunki, doim, favoritmiz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads