Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan EChL finali oldidan «Real» futbolchilarini ruhlantirishning antiqa usulini topdi

Zayniddin Zidan Evropa chempionlar ligasining «Yuventus»ga qarshi finali oldidan futbochlilarni o'ziga xos uslubda ruhlantirishga qaror qildi.

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Evropa chempionlar ligasining «Yuventus»ga qarshi finali oldidan futbochlilarni o'ziga xos uslubda ruhlantirishga qaror qildi. U o'yinchilarga motivatsiya berish uchun kino qo'yib berdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotga ko'ra, frantsuz mutaxassisi bunin uchun 2006 yilda rejissyor Zak Snayder tomonidan suratga olingan «300 spartalik» filmini tanladi. Futbolchilar kinoning eng yorqin lahzalarini ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Murabbiy bu orqali futbolchilar spartaliklar sardori Leonid va uning jangchilari kabi ruhga ega bo'lishini istagan. Uning fikricha, filmni tomosha qilish futbolchilarga qo'shimcha motivatsiya beradi.

Mazkur film yozuvchi Frenk Millerning asariga asoslangan bo'lib, voqea Fors shohi Kayxusravning minglab askarlarini to'xtatishga muvaffaq bo'lgan 300 spartalik bahodir haqida boradi.

Eslatib o'tamiz, Evropa chempionlar ligasining «Real» va «Yuventus» o'rtasidagi  final uchrashuvi 3 iyun kuni Uels poytaxti Kardiffdagi «Millenium» stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

BestMaster
2 Iyun 2017, 17:09
zidan, echl, finali, oldidan, «real», futbolchilarini, ruhlantirishning, antiqa, usulini, topdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads