Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Chempionlar Ligasining guruh bosqichida qatnashadigan barcha 22 nafar jamoalar ro'xyatini ma'lum bo'ldi

Chempionlar Ligasi 2017/18 - mavsumda guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha 22 ta jamoalar aniq bo'ldi.

Ispaniya: "Real", "Barselona", "Atletiko" 
Germaniya: "Bavariya", "RB Leypzig", "Borussiya" Dortmund
Angliya: "Chelsi", "Tottenxem", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted"
Italiya: "Yuventus", "Roma"
Fransiya: "Monako", "PSJ"
Portugaliya: "Benfika", "Portu"
Rossiya: "Spartak" Moskva 
Ukraina: "Shaxtyor» 
Belgiya: "Anderlext" 
Turkiya: "Beshiktash" 
Shveytsariya: "Bazel" 
Gollandiya: "Feyenoord"

Yana 10 ta jamoa kvalifikatsiya roundidan o'tib turnirga qo'shiladi. Ma'lumot uchun 1-savatchadan: "Real" (Ispaniya chempioni), "Bavariya" (Germaniya chempioni), "Yuventus" (Italiya chempioni), "Benfika" (Portugaliya chempioni), "Chelsi" (Angliya chempioni), Shaxtyor (Ukraina chempioni), "Monako" (Fransiya chempioni) va "Spartak" (Rossiya chempioni) joy oldi.

Ikkinchi savatchadan esa: "Barselona", "PSJ", "Atletiko", "Borussiya D", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Portu" joy olgani aniq. 

Ispaniyada 4-o'rinni egallagan "Sevilya" CHL kvalifikatsiya roundidan guruh bosqichiga yo'l olsa u ham 2-savatcha vakiliga aylanadi. Qolgan savatchalar saralashdan so'ng aniq bo'ladi.

Ma'lumot uchun, Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga 12-sentyabr kuni start beriladi, 6-dekabr kuni esa guruh bosqichiga yakun yasaladi. Qur'a tashlash marosimi esa 24-avgust kuni Monako shahrida bo'lib o'tadi.

BestMaster
29 May 2017, 07:59
chempionlar, ligasining, guruh, bosqichida, qatnashadigan, barcha, nafar, jamoalar, roxyatini, malum, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 aguero  
Intizorlik bilan kutamiz.
29 May 2017, 15:32
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads