Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» chempionlik kurashidan chetga chiqdimi?

Madridning "Real" klubi qishki tanaffusdan keyin Ispaniya chempionatini muvaffaqiyatli boshlay olmadi.

.
- Yuklab olish

Madridning "Real" klubi qishki tanaffusdan keyin Ispaniya chempionatini muvaffaqiyatli boshlay olmadi. Zidan shogirdlari Vigo shahrida bo'lib o'tgan 18-tur bahsida g'alabani qo'ldan chiqardi.

"Selta", kutilmaganda, "Madrid"ga qarshi juda kuchli o'yin namoyish qildi. Jamoa hattoki g'alaba qozonishi ham mumkin edi. Uchrashuv avvalida Yago Aspas 3-4 masofadan Navas qo'riqlayotgan darvozaning ustunini nishonga oldi. Shunga qaramay, hisobni mezbonlar ochishga muvaffaq bo'ldi: darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqan Daniel Vass "parashyut" uslubida darvozani ishg'ol qildi.

"Real" nafaqat hisobni tezda tenglashtirdi, balki hisobda oldinga ham o'tib oldi. Beyl ikki daqiqa ichida 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Dastlab Kroos, keyin Iskoning uzatmalaridan keyin darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda qolgan uelslik futbolchi imkoniyatlardan juda samarali foydalandi.

Ikkinchi bo'lim debyutida madridliklar tashabbusga erishishdi, ammo vaziyatlardan foydalana olishmadi. Shundan so'ng to'la ustunlik "Selta" tomoniga o'tdi. Bahsning 71-daqiqasida mezbonlar tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi va Aspas posbon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Navas esa o'zidan o'tib ketayotgan hujumchini yiqitdi. Penalti. Keylorning o'zi xatosini to'g'rilab, Yagoning zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Shunga qaramay, "Selta" matonat ko'rsatib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Vass o'ng qanotdan havolatib uzatma berdi va Maksi Gomes bosh bilan hisobni tenglashtirdi.

O'yin so'ngida "Real" g'alabani ilib ketishi mumkin edi. Ronalduning o'tkir burchak ostida yaqin masofadan bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmagan bo'lsa, Lukas Vaskesning zarbasini darvozabon qaytarishga erishdi.

Natijada "Selta" o'z ochkolarini 22taga etkazgan holda 14-o'rinda borayotgan bo'lsa, "Real" 32 ochko bilan 4-pog'onada qolmoqda. Zidan shogirdlari endi "Barselona"dan naq 16 ochko ortda qolmoqda. "Madrid" hisobida 1ta qoldirilgan o'yin borligini ta'kidlab o'tish joiz.

Ispaniya La ligasi, 18-tur
Selta – Real Madrid 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 33 Vass, 1:1 – 36 Beyl, 1:2 – 38 Beyl, 2:2 – 82 Maksi Gomes.
Selta – Blanko, Ronkalya, Kastro, Malo, Kabral, Vass (Xosabed, 90), Radoya (Lobotka, 73), Ernandes, Sisto (Mor, 73), Aspas, Maksi Gomes.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Xakimi, Nacho, Isko (Kovachich, 77), Kazemiro, Kroos, Modrich (Vaskes, 76), Beyl (Asensio, 84), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (44), Malo (67), Navas (71), Aspas (88).

BestMaster
8 Yanvar 2018, 03:00
liga, «real», chempionlik, kurashidan, chetga, chiqdimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 fcbuzbeck  
Rima aut bulib buldiyu...davno!
8 Yanvar 2018, 08:20
 piramida  
Ko't bo'ldi
8 Yanvar 2018, 09:27
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads