Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real"ning yozgi transferlardagi rejalari

Цели

Ispaniyaning AS nashri "Qirollik klubi"ning yozgi transferlardagi rejalari bilan o'rtoqlashdi. Yuqoridagi nashri "Real" uchun 5 nafar short-list taqdim qilindi, albatta bu futbolchilar ehtimollar nazariyasidan kelib chiqib tahmin qilinmoqda.

Harri Keyn

Hujumchining transferi oson kechmaydi. "Tottenhem"dek jamoa bilan muzokaraga kelish mushkul. Buning uchun Luka Modrich va Garet Beyllarning transferini eslash kifoya.Ikkala futbolchining xohishi sabab, kezi kelganda mashg'ulotlarda ishtirok etmagani uchun, "shporlar"ning bu futbolchilarni sotishdan o'zga chorasi qolmagan edi. Keyn bilan ham muzokara qilish mushkul bo'ladi. Boz ustiga hujumchining shartnomasi 2022-yilda yakuniga yetadi.

Eden Azar

Uning otasi o'g'lini yaqin vaqtlar ichida "Chelsi" bilan shartnomani uzaytirmasligini ta'kidladi. Bu orqali Eden "Qirollik klubi"dan taklif kutayotganiga sha'ma qilib o'tdi. Biroq "Madrid" Azarga beriladigan imkoniyatni Marko Asensioga berishga qaror qildi (hozircha).

Neymar

Futbol sexrgarlari o'lkasining, afsungari prezident Florentino Peresning birdan-bir orzusi, aytib o'tish kerakki ushalmas orzusi (hozircha). Intervyularning birida Don "Neymar "Oltin to'p"ni yutishni xohlasa, "Real"ga kelishi kerak. Barcha biladi men bu transferni bir necha yildan beri orzu qilaman" - deya fikr bildirgan edi. Braziliyalikning tovon puli 222 mln yevro. Yuqori narx, lekin to'psa bo'ladi.

Robert Lewandowski

U har doim "Madrid"da o'ynashni xohlagan, ammo "Madird" unga qiziqish bildirmay qo'ydi. Endilikda polshalik hujumchi aynan "qaymoqranglilar" izlagan "9"-raqam. Shu bilan bir qatorda oxiriga yetmagan Xames Rodrigez transferi Lewandowskini xarid qilish chog'ida biror narsaga yarab qolishi mumkin.

Mauro Ikardi

Transferlar ichida amalga oshish koefitsienti yuqori bo'lgan transferlardan biri. Ikardining agenti "Madrid"dan qulayroq taklif bo'lganinmi oshkor qildi. Ammo hali hamon Ikardi "Qirollik klubi" futbolchisi bo'ladimi yoki yo'q noma'lum.

Qirol kubogi nimchorak final uchrashuvlariga tahmin qoldiring

BestMaster
3 Yanvar 2018, 22:20
realning, yozgi, transferlardagi, rejalari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 1525  
Hammasini osin
4 Yanvar 2018, 13:13
achi
 achi  
wu ikardi umuman k.k emas bizga zidanni xolasini o'g'li benzema yetadi
4 Yanvar 2018, 16:08
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads