Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidanning qo'rqoqliklari

Трусость Зидана

Ushbu mavsumda asosiy tarkib va zahira futbolchilari o'rtasida sezilarli farq yuzaga kelib qoldi. Misol uchun, Zizuning zahiradagi eng birinchilardan bo'lib maydonga tushiradigan futbolchilari hozirgi kunda Marko Asensio va Lukas, agarda BBC maydonda bo'lsa bu futbolchilar zahiradan birinchilardan bo'lib maydonga tushmoqda.

Batafsil to'xtaladigan bo'lsak, Zidan Asensioni "Manchester Yunayted"ga qarshi (66-daqiqada), Ispaniya Superkubogi "Barselona"ga qarshi (68-daqiqa), "Borussiya"ga qarshi (76), "Tottenxem"ga qarshi (74), "Betis" (67) va "Atletiko"ga qarshi (77-daqiqalarda) maydonga tushirdi. Lukas Vaskezni bo'lsa Manchesterliklarga qarshi baxsda 74-daqiqada maydonga tushirdi, shuningdek "Barselona" (81), "Borussiya" (86) va "Tottenxem" (87). O'rtacha hisobda Zidan Asensioga zahiradan tushib o'zini ko'rsatish uchun 15-20 daqiqa vaqt bermoqda, Lukasga 5-15 daqiqa. Boz ustiga Marko har bitta uchrashuvlarda asosiy tarkib futbolchisi ekanligini isbotlab kelmoqda.

O'tgan mavsumda Xames Rodrigez tushgan xolatga bu mavsumda Dani Sebalyos tushmoqda. Kolumbiyalik futbolchi va ispaniyalik futbolchining xolatining bir xilligi shundan iboratki ikkala futbolchi ham "Madrid" ijrosida muhim o'yinlarda maydonga tushmagan. Misol uchun Sebalyos na "Tottenxem", na "Atletiko", na Primeroning muhim o'yinlarida maydonga tushdi. Shuningdek, Zidanning yana bir "asiri" - Borxa Mayoral. Kanterano ushbu mavsumda jami 222 daqiqa imkoniyatga ega bo'ldi (12% lik o'yin amaliyoti), yana bir yangi kelgan futbolchi Teo Ernandez 402 daqiqa (22% lik amaliyot) harakat qildi garchi Marselo yaxshi formada bo'lmasada.

"Madrid" "Kataloniya"dan 10 ochko ortda qolmoqda va oldinda "Real"ning taqvimi jiddiy tus olgan. Zidan vaziyatni chigallashtirishni istamasa, zahira futbolchilariga ham o'yin amaliyoti berishga majburdir.

BestMaster
21 Noyabr 2017, 19:10
zidanning, qorqoqliklari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
jakk
 jakk  
eeeeeeeee
21 Noyabr 2017, 20:33
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads