Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Hafta o'yinlari: Madrid, Rim va London derbilari!

Erudit SPORT” quyida tomoshabop o'tishi kutilayotgan to'rt to'qnashuvni o'tkazib yubormaslikni tavsiya qiladi:

.
- Yuklab olish

Erudit SPORT” quyida tomoshabop o'tishi kutilayotgan to'rt to'qnashuvni o'tkazib yubormaslikni tavsiya qiladi:

ROMA” – “LATsIO”

18 noyabr, shanba, soat: 22:00

TV-translyatsiya: «Sport TV»

O'zaro uchrashuvlar:

53 G'ALABA 57 DURANG 38 G'ALABA

So'nggi uchrashuv: “Roma” – “Latsio” 2:0 va 1:3

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Roma” – “Latsio”

327,10 million evro VS 201,95 million evro

O'yin haqida ikki og'iz:

O'zaro uchrashuvlar tarixi shuni tasdiqlaydiki, “Latsio” va “Roma” mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rmasin “Rim derbisi” kurashlarga boy o'tgan. Klublarni shug'ullantirayotgan murabbiylarning ishiga ham mazkur to'qnashuv orqali baho berilgan hatto. Jamoalarning joriy mavsumda ko'rsatayotgan o'yini to'qnashuv yanada shiddatli o'tishiga ishoradek go'yo. “Burgutlar”ning ishtahasi karnay, “Bo'rilar”ning “ko'zi qonga” to'lib turibdi. Simone Indzagi va Eusebio Di Franchesko tanlagan taktika ham hujumga asoslangan: “Roma” 4-3-3, “Latsio” 3-5-2 sxemasida harakatlanyapti. Qo'shimcha qilish kerakki, “Latsio”ni mehmonda to'xtatib bo'lmayapti: oxirgi olti uchrashuvda o'n sakkiz ochko. Ustiga-ustak, o'sha o'yinlarda raqiblar darvozasini kamida ikki marta ishg'ol etyapti. O'z navbatida, maydon egalari mustahkam himoya evaziga ochko yo'qotmayapti. O'n bir turda faqat to'rt raqibgina “Roma” darvozasiga yo'l topgan.

 

NAPOLI” – “MILAN”

18 noyabr, shanba, soat: 00:45

TV-translyatsiya: «Sport TV»

O'zaro uchrashuvlar:

41 G'ALABA 44 DURANG 54 G'ALABA

So'nggi uchrashuv: “Napoli” – “Milan” 4:2 va 2:1

Imkoniyat: 40/30/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Napoli” – “Milan”

353,90 million evro VS 340,80 million evro

O'yin haqida ikki og'iz:

So'nggi o'yinda nursiz durangga imzo chekib, ikki ochko yo'qotgan “Napoli” ustidan “mag'zava ag'darish”ga ulgurishdi. Mauritsio Sarri uni ko'klarga ko'tarmasliklarini so'raganda qoqildi. Ertagi uzoqqa cho'zilmasligini kutib yurganlar talaygina ekan. Shunday ekan, maydon egalari Montellaning “Milan”iga qarshi matchda ham o'z so'zini aytishi kerak. Keyingi mavsumlarda ustunlik “Ko'klar” tomoniga o'tgani qo'l kelishi ehtimoli yuqori. O'sha olti matchning 67 foizi “Napoli”ning, 17 foizi “Milan”ning g'alabasi bilan yakunlangan. Boshqacha aytganda, “Qizil-qoralar” uch yildan buyon nomdor raqibi oldida ojiz. Bir vaqtning o'zida kursisi qimirlab qolgan Vinchentso Montellaning yutqazishga haqqi yo'q. “Qizil-qoralar” nima bo'lgan taqdirda ham darvozaga zarba yo'llash, to'p nazorati va aniq uzatmalar ko'rsatkichi bo'yicha A Seriyada etakchi “Napoli”ni to'xtatishi talab etiladi. Xo'sh, maydon eagalari 24 matchga etgan g'alabali seriyani davomlaydimi yoki mehmonlar uch yillik “an'ana”ni buzadi?

 

“ATLETIKO” – “REAL”

18 noyabr, shanba, soat: 00:45

TV-translyatsiya: «UzReport TV»

O'zaro uchrashuvlar:

39 G'ALABA 35 DURANG 86 G'ALABA

So'nggi uchrashuv: “Atletiko” Madrid – “Real” Madrid 0:3 va 1:1

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Atletiko” Madrid – “Real” Madrid

509,50 million evro VS 743,80 million evro

O'yin haqida ikki og'iz:

Shanba oqshomida muxlislarni Madridda ham ajoyib derbi kutmoqda. Tabiiyki, “Atletiko” va “Real” o'rtasidagi bu to'qnashuv ko'pchilikning diqqat-markazida bo'ladi. Tan olish kerak, mavsum avvalida tomonlarning o'yinida pasayish kuzatildi. “Matraschilar” durangdan boshi chiqmagan bo'lsa, “Qirollik klubi” allaqachon o'n ochkodan ayrildi. Zidan esa jamoa inqirozga uchramaganini ta'kidlashdan charchamayapti. “Madrid derbisi” ushbu so'zlarni amalda isbotlash uchun qulay fursat. Qizig'i, murabbiy Diego Simeone ham tanqid toshlariga ko'milgan. “Matraschilar” himoyaviy o'yinga shunchalar mukkasidan ketganki, bittadan ortiq to'p kiritish ta'qiqlangandek, bir gol bilan kifoyalanmoqda. Masalan, Primera doirasidagi o'n bir turning to'rt o'yinida bittadan ko'proq gol urgan xolos. Bir vaqtning o'zida “Real”ni tamoman boshqa muammolar qiynayapti: jamoa etakchilarining foydali ish koeffitsienti tushib ketdi. Xullas, turnir jadvalida uchinchi-to'rtinchi o'rinni bo'lishib turgan klublar to'qnashuvi tomoshabop o'tadi.

 

“ARSENAL” – “TOTTENXEM”

18 noyabr, shanba, soat: 17:30

TV-translyatsiya: «Futbol TV»

O'zaro uchrashuvlar:

64 G'ALABA 45 DURANG 51 G'ALABA

So'nggi uchrashuv: “Arsenal” – “Tottenxem” 1:1 va 0:2

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Arsenal” – “Tottenxem”

508 million evro VS 551 million evro

O'yin haqida ikki og'iz:

 Joriy turda “London derbisi”da “chempionlar poygasi”ga qaytishni ko'zlayotgan “Arsenal” kimsan “Real” Madridga chiqish eshiklarini ko'rsatgan “Tottenxem”ning imtihonidan o'tadi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, ammo “Arsenal” o'z maydonida o'n o'yindan beri raqiblarini quruq qo'l bilan qaytaryapti. “Taqachilar” esa so'nggi marta “Emiraytes”da uch ochkoni qo'lga kiritganiga etti yil bo'ldi. Ya'ni, Maurisio Pochettino “Tottenxem” postida “To'pchilar” maydonida uch ochkoga ega chiqmagan. Bundan tashqari, raqiblarning natijalarida “er bilan osmonchalik” farq mavjud emas. Birinchidan, darvozaga zarba berishdagi ko'rsatkich “Taqachilar”da 17,4, “To'pchilar”da 16,7ga teng. Ikkinchidan, har ikki jamoa a'zolari asosan to'pni maydon markazida ushlab turishni ma'qul ko'radi (44 foiz). Uchinchidan, muvaffaqiyatli uzatmalar bobida mezbonlar 84,1 foiz, mehmonlar 83,9 foizlik aniqlikda harakatlanadi.

Ulug'bek RAHMONQULOV, «Erudit Sport» gazetasi.

BestMaster
17 Noyabr 2017, 22:20
hafta, oyinlari, madrid, london, derbilari!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 marko  
Real va tottenhemga omad!
18 Noyabr 2017, 07:50
jakk
 jakk  
mayli omad
18 Noyabr 2017, 19:14
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads