Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Benzema: Ronaldu menga qaraganda xudbinroq

Fransiyalik hujumchidan intervyu.

Бензема: "Раньше нападающие забивали по 25 голов и не было никаких проблем"

Madridning "Real" klubi o'zgartirib bo'lmas hujumchisi Karim Mustafo Benzema Fransiyaning Canal+ telekanali xodimlariga intervyu berib o'tdi.

Yomon vaziyat haqida:

"Men gollar uraman, lekin sen bilan o'ynagan futbolchi har mavsum 50 ta gol ursa... Avvallari hujumchilar 25 ta gol ursa yaxshi hujumchi deb atalar edi, hozir esa..."

Krishtianu Ronaldu haqida:

"Biz u bilan yaxshi munosabatdamiz va menga u bilan o'ynash yoqadi. Ronaldu menga qaraganda xudbinroq, ammo bu normal holat, bu meni xavotirga solmaydi. Boisi, gap jamoaning manfaati haqida ketmoqda".

Bosim haqida:

"Real"da eng qiyin narsa bu - bosim. Gazetalar tezroq sotilish maqsadida, biroq men bunga ko'nikib ketdim. Katta bo'lgan sari xotirjamlikni saqlashni o'rgandim. "Lion"ga qaytish? Meni u yerda ajoyib tarix bog'lab turadi, biroq hozir men "Qirollik klubi"daman. Bundan yaxshisi yo'q".

"Oltin to'p" uchun imkoniyat haqida:

"Bu oson emas. Buning uchun sen har doim gollar urishing kerak. Hozirgi paytda biz ikkita ajoyib futbolchilar Ronaldu va Messi davrida yashayapmiz".

Taniqlar haqida:

"Men iloji boricha maydonda namuna bo'lishga harakat qilaman. "Tanqidlarni eshitaverish osonmas, ayniqsa, men tushunmaydigan ispan tilida. Fransiyada ham oson emas, ayniqsa oilangizdan ketganda. Biroq men professionallikni saqlab qolaman va namuna bo'lishga harakat qilaman. 

Umuman olganda, Dide Desham jamoasida o'ynashni istayman. Men terma jamoaga munosib nomzodman, lekin ajoyib formada bo'lsam ham Fransiyada o'tgan Yevvropa chempionatini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldim.

Desham bilan oramizda hech qanday muammo yo'q, biroq u jamoani boshqarishda davon etar ekan men termaga qayta olmayman. EURO-2016 musobaqasidan oldin menga hech nima deyishmadi va shunchaki chetlatishdi.

Rossiyaga borishimga ishonishda davom etaman. Biroq o`zimni aldamagan bo'lardim, chunki deyarli 2,5 yildan beri Fransiya terma jamoasi eshiklari men uchun yopiq."

BestMaster
13 Noyabr 2017, 23:00
benzema, ronaldu, menga, qaraganda, xudbinroq,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Halilbek  
Xamma giybat qilishni boshlabdi ex
13 Noyabr 2017, 23:05
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads