Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. «H» guruhi. «Real»da inqiroz boshlandimi?

Evropa chempionlar ligasida 4-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasida 4-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.

Zidan boshchiligidagi "Real" ketma-ket ikkinchi rasmiy o'yinda mag'lubiyat alamini tortmoqda. Madridliklar bu safar "Uembli"da "Tottenxem"ga qarshilik ko'rsata olishmadi. Birinchi bo'lim o'rtalarida Dele Alli hisobni ochgan bo'lsa, 56-daqiqada ushbu yarim himoyachining o'zi hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi. Oradan ko'p o'tmasdan Eriksen londonliklarning uchinchi golini "Madrid" darvozasiga joyladi. Faqatgina o'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Ronaldu "Real" yirik hisobdagi mag'lubiyatdan qutqarib qoldi xolos.

"Real"ning baxtiga Kiprning APOEL klubi ikkinchi o'yinda ham "Dortmund"dan ochko tortib olmoqda. Birinchi bo'limda Gerreyru dortmundliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, ikkinchi bo'lim boshida Pote muvozanatni tikladi. Germaniyaliklar bu bahsda durang bilan kifoyalanishdi.

Natijada "Tottenxem" 10 ochko bilan peshqadamga aylangan bo'lsa, "Real" hisobida 7 ochko mavjud. "Borussiya" va APOEL klublari 2 ochko bilan quyi pog'onalarni band etishgan.

EChL, 4-TUR
"H" GURUHI
Tottenxem Angliya – Real Madrid Ispaniya 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 27 Alli, 2:0 – 56 Alli, 3:0 – 65 Eriksen, 3:1 – 80 Ronaldu.
Tottenxem – Loris, Sanches, Vertongen, Devis, Alderveyreld (Sissoko, 24), Alli, Eriksen, Uinks (Dembele, 66), Dayer, Tripper, Keyn (Lorente, 79).
Real Madrid – Kasilya, Nacho, Marselo, Xakimi, Ramos, Modrich (Teo, 81), Kazemiro, Isko (Asensio, 74), Kroos, Benzema, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Dembele (89), Ramos (90).

Borussiya D Germaniya – APOEL Kipr 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 29 Gerreyru, 1:1 – 51 Pote.
Borussiya D – Byurki, Papastatopulos, Gerreyru (Shmeltser, 72), Bartra, Toprak (Shyurrle, 86), Gettse, Vaygl, Pulishich, Kagava, Filipp (Yarmolenko, 65), Obameyang.
APOEL – Peres, Rueda, Merkis, Karlao, Aleksandru (Shallai, 46), Aloneftis (Farias, 82), Nunu Moraish, Vinisius, Zaxid, Vuros, Pote (de Kamargo, 74).
Ogohlantirishlar: Karlao (72), Vuros (90), Peres (90).

№JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatT-NOchko 1 Tottenhem 4 3 1 0 10-3 10 2 Real Madrid 4 2 1 1 8-5 7 3 Borussiya D 4 0 2 2 4-8 2 4 APOEL 4 0 2 2 2-8 2
BestMaster
2 Noyabr 2017, 03:50
«h», guruhi, «real»da, inqiroz, boshlandimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
ferinand
 ferinand  
Zaybal qildilaring
2 Noyabr 2017, 06:35
 ibrohimov  
Nima qiliw kerak bilmaysan kiwi
2 Noyabr 2017, 07:46
 sh7860  
qani zur uyincilarin yana bestmiw bula totenxemniku tuwunsa buladi jironade debyutantga yutqazdi bula yana eng yaxwi miw FIFA ni kuzi kurmi diman
2 Noyabr 2017, 10:59
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads