Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» 27 yildan buyon ilk bor debyutantga mag'lub bo'ldi

Ispaniya chempionatining 10-turida Madridning "Real" jamoasi mavsum debyutanti "Jirona"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 10-turida Madridning "Real" jamoasi mavsum debyutanti "Jirona"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Shu tariqa "qirollik klubi" so'ngi 27 yil ichida ilk bor debyutant jamoaga mag'lub bo'ldi.

1990 yil 27 oktyabr kuni "Real Burgos" jamoasi "Qirollik klubi"ni taslim etgan edi. O'shanda madridliklar ustozi Jon Toshak bo'lib, tarkibda Ugo Sanches, Emilio Butrageno, Pako Buyo, Manolo Sanchis, Fernando Yerro va Michel kabi afsonalar to'p surgan bo'lsa-da, debyutantda mag'lub bo'lgan edi (1:2).

Shu paytgacha umumiy hisobda 10 ta klub La Ligadagi debyut mavsumida "Real" ustidan g'alaba qozongan: "Espanol", "Arenas", "Real Ovedo", "Real Mursiya", "Real Saragosa", "Deportivo", "Rayo Valekano" va "Kadis".

Shuningdek, "Jirona" klubi "Qirollik klubi"ning ketma-ket mehmondagi 13 ta g'alabali seriyasiga yakun yasashdi. Ispaniya tarixida mehmonda ketma-ket 13 ta g'alaba esa rekord natija bo'lib qoldi.

BestMaster
30 Oktyabr 2017, 11:50
«real», yildan, buyon, debyutantga, maglub, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads