Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Benzemani tanqid qiladiganlar futbolni tushinishmaydi

"Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Eybar"ga qarshi o'yin oldidan press-konferensiyada ishtirok etdi.

Зидан: "Люди, которые критикуют Бензема, - не разбираются в футболе"

O'yin haqida:

"Bizga "Bernabeu"da o'ynash yoqadi. Afsus, natijalar bunday bo'layotganini ko'rsatmayotgan bo'lsada. Meni "Tottenhem"ga qarshi o'yin xavotirga solmaydi, chunki bu o'yin tarixga aylandi. Hozir faqat "Eybar"ga qarshi o'yin haqida o'ylashimiz kerak, biz bu o'yinda g'alaba qozonishni xohlaymiz. Bizda har 3 kunda o'yin bo'lmoqda, biroq bu futbolchilarga yoqib tushmoqda. Ketma-ket o'yinlarga tiklanish qiyin bo'ladi, lekin bizda jismoniy xolat joyida, bu hammasidan muhim."

"FIFA eng yaxshi murabbiyi" nomzodlar haqida:

"Men o'zimni dunyoning eng yaxshi murabbiyi man deb hisoblamayman, men baxtiyor insonman va dunyoning eng kuchli klubi, eng kuchli futbolchilari bilan bir jamoada ishlamoqdaman. Menga o'z ishim yoqadi. Agarda ushbu sovringa menga berishsa, men bundan faqat xursand bo'laman."

Mavsum haqida:

"Natijalarni analiz qilsak, biz La Liga peshqadamidan 5 ochko ortdamiz, Chempionlar Ligasida guruh peshqamimiz. Biroq shuni yoddan chiqarmaslik kerak biz dekabr oyida Klublar o'rtasida jahon chempionatida ishtirok etamiz. Shuni yoddan chiqarmaslik kerak bizni oldinda Primero, Qirol kubogi va Chempionlar Ligasi uchrashuvlari kutib turubdi."

Benzema haqida:

"Meni Benzema tomon qilingan tanqidlar jahlimni chiqaradi. Men uchun u o'z pozitsiyasida eng kuchli futbolchi. Menimcha Karimni tanqid qiladigan odamlar futbolni tushinishmaydi. Hamma undan bir mavsumda 50-60 ta gol urishni kutadi. Benzema 25-30 ta gol urishi mumkin va shuncha assistent ham qila oladi. Biroq biz hech kimni fikrini bildirishga to'sqinlik qila olmaymiz. Men futbolchi va murabbiy sifatida shuni aytishim mumkinki, hujumchini vazifasi faqat gol urishdan iborat emas, shaxsan men shunday xisoblayman. Boshqa funksiyalarni ham bajarishi kerak. Qaytaraman, men uni himoya qilaman, chunki uni eng kuchli deb hisoblayman. Ko'pchilik bunga qo'shilmasligi mumkin, lekin fikrimda qolaman."

Jarohatlar haqida:

"Biz bir kundan so'ng Keylorni mashg'ulotlarda ishtirok etishini kutmoqdamiz, unda qo'rqinchli xoalt yo'q. Bu futbol va futbolda jarohatlarni yo'qotib bo'lmaydi. Nima uchun bu yil jarohatlar ko'p bo'ldi? Aniq bir sabab ko'rsata olmayman, barchasi tasodif. Bo'lishi mumkin mashg'ulotlarda yoki o'yinlarda. Umid qilaman yaqin vaqtlar ichida barcha futbolchilarim safga qaytadi. Men jarohatlar juda xavotirga soladi."

Inui haqida: ("Eybar" a'zosi, Yaponiya)

"U yaxshi futbolchi, qolaversa Primeroda ko'plab o'yinlar o'tkazgan va albatta "Eybar"ning eng muhim futbolchilaridan biri. Uning texnikasi va tezligi yuqori, biz uni diqqat bilan kuzatamiz."

BestMaster
21 Oktyabr 2017, 22:40
zidan, benzemani, tanqid, qiladiganlar, futbolni, tushinishmaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads