Bugun "Real Madrid" La Liga 24-tur doirasida safarda "Osasuna"ga qarshi bahs olib borib, durangga imzo chekdi (1:1).
56-daqiqada "Osasuna" hujumchisi Ante Budimir jarima maydoni ichida zarba berdi. "Real" futbolchisi Eduardo Kamavinga unga to'sqinlik qilishga harakat qildi, ammo raqibining oyog'iga bosib ketdi. Bosh hakam Xose Munuera Montero bu vaziyatda penalti belgiladi va Budimir uni aniq amalga oshirdi.
Bundan oldin "Real" ketma-ket uchta o'yinda ham penaltidan gol o'tkazgan edi:
— "Leganes" (3:2);
— "Atletiko" (1:1);
— "Manchester Siti" (3:2).