Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. "Real" "Osasuna" bilan durang o'ynadi, Bellingem qizil kartochka oldi

La Liganing 24-tur bahsida "Osasuna" va Madridning "Real" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi.

.
- Yuklab olish

La Liganing 24-tur bahsida "Osasuna" va Madridning "Real" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Uchrashuv Pamplonadagi "El-Sadar" stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

15-daqiqada "Real" hujumchisi Kilian Mbappe hisobni ochdi. Unga pasni Feeriko Valverde berdi. 39-daqiqada esa "Qirollik klubi" yarim himoyachisi Jud Bellingem qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.

58-daqiqada "Osasuna" hujumchisi Ante Budimir penaltidan gol urdi va jamoasiga durangni ta'minladi.

Qolgan daqiqalarda "Qirollik klubi" tashabbusni ushlab turgan bo'lsa-da, raqib darvozasiga yo'l topa olmadi.

"Real" 24 ta o'yindan so'ng 51 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Osasuna" esa xuddi shu miqdordagi o'yinlardan keyin 32 ochko to'plab, ettinchi o'rinni egallab turibdi.

La liga, 24-tur
Osasuna – Real Madrid 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 15 Mbappe, 1:1 – 58, penalti Budimir.
Osasuna – Errera, Xuan Krus (Bretones, 59), Errando, Katena, Areso (Penya, 59), Oros, Torro, Monkayola (Munos, 79), Saragosa (Moyses Gomes, 79), Ruben Garsiya, Budimir (Raul Garsiya, 87).
Real Madrid – Kurtua, Fran Garsiya, Asensio, Tchuameni, Valverde, Bellingem, Kamavinga, Modrich, Braim Dias (Rodrigo, 69), Vinisius Junior, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Anchelotti (21), Areso (48), Xuan Krus (52), Kamavinga (57), Oros (73).
Chetlatish: Bellingem (39).

BestMaster
15 Fevral 2025, 22:30
liga, real, osasuna, bilan, durang, oynadi, bellingem, qizil, kartochka, oldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017