“Real” klubi hujumchi Vinisius yangi shartnoma bo'yicha klubda eng ko'p maosh uniki bo'lishini xohlamoqda. Bu haqda Cadena Ser ma'lumot berdi.
Manba bergan ma'lumotga ko'ra, braziliyalik futbolchi yiliga 25 million evro maosh olishni niyat qilgan.
24 yoshli futbolchining agenti klub vakillari bilan bir nechta muzokaralar o'tkazdi. Dastlab braziliyalikning istagi rad etilgan. Keyingi uchrashuvda futbolchidan o'z moliyaviy talablarini tushuntirish so'raldi.
Ta'kidlanishicha, bugungi kunda Kilian Mbappe, Jud Bellingem va Vinisius yiliga 15 mln evro oladi. Agar Vinisiusning 25 million evrolik istagi qabul qilinsa, o'z navbatida angliyalik va frantsiyalik futbolchilar ham kelishuv shartlarini yaxshilashni talab qilishlari mumkin.
Manbaga ko'ra, “Real” Vinisius istagan maoshni bermaydi. Shuningdek, Madrid klubi Braziliya milliy jamoasi vingeri bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan saudiyaliklar bilan raqobatlashish niyati yo'qligini ma'lum qilgan.