Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Federiko Valverde Lukas Vaskes to'liq safga qaytgunicha o'ng qanot himoyasida o'ynashda davom etishini aytdi.
"Valverde Vaskes qaytguniga qadar o'ng qanot himoyasida o'ynashda davom etadi. Menga Valverdening "Manchester Siti"ga qarshi o'yini yoqdi. Unga bu pozitsiya yoqadi. Ertaga ham u o'sha erda o'ynaydi," - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
15 fevral, shanba kuni "Real" Ispaniya chempionatida "Osasuna"ga qarshi bahs olib boradi.