"Real" va Vinisius Junior yangi shartnoma borasida muzokaralar olib borishmayapti.
Futbolchining agentlari Saudiya ligasi bilan 2023 yildan buyon muzokara olib borishayotgani avvalroq xabar qilingandi.
El Chiringuito telekanali jurnalisti Xosep Pedrerolning xabar berishicha, Madridning “Real” klubi Vinisius bilan shartnomani 2026 yilning yoziga qadar uzaytirish borasida muzokaralar olib bormaydi.
Braziliyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilda yakuniga etadi. Avvalroq futbolchi vakillarini "Real"ning yangi shartnoma taklifi qoniqtirmagani haqida xabar berilgandi.