Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem yaqin kelajakda klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.
Inglizning amaldagi kelishuvi faqat 2029 yilda o'z nihoyasiga etadi, ammo "qaymoqranglilar" rahbariyati xavbekni ajoyib o'yini uchun shartlari yaxshilangan bitim bilan taqdirlashi mumkin. «Diario AS» xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchining agentlari allaqachon "qirollik klubi" vakillari bilan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilmoqda.
Jud Bellingem 2023 yilning yozida "Borussiya" Dortmunddan 100 million evrodan ko'proq mablag' evaziga "Real"ga o'tgandi.