"Real Madrid" yozda Londonning "Arsenal" klubining asosiy transfer maqsadini qo'lga kiritishga harakat qiladi.
TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, "kanonirlar" yozgi transfer oynasida transferini kelishib olgan 26 yoshli Martin Subimendi "Qirollik klubi" nishoniga aylangan. Ular Ispaniya terma jamoasi va “Real Sosedad” yarim himoyachisini o'z safiga qo'shilishga ko'ndirish uchun bor kuchlarini ishga solishga harakat qilishadi.
Qayd etish kerakki, Subimendining shartnomasida 60 million evrolik sotib olish bandi mavjud bo'lib, uni nafaqat “Arsenal”, balki “Real” ham faollashtirishga tayyor. Bu holatda qaror futbolchida qoladi.
Martin Subimendi joriy mavsum klubda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.