"PSJ" Rodrigo Goesni sotib olmoqchi.
Jurnalist Abdella Bulmaning xabar berishicha, parijliklar kelasi yozda imkoniyat tug'ilsa, "Real" vingeri bilan shartnoma imzolashga harakat qilishadi. Braziliyalik futbolchining shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda Rodrigo La Liganing 17 o'yinida 4 ta gol urdi.