Belgiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Rudi Garsiya Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua terma jamoadagi o'yinini qaytadan boshlashiga umid bildirdi.
"Tibo Kurtua Belgiyadagi eng tajribali va malakali futbolchilardan biri. Matts Sels va Koen Kastels juda ko'p ajoyib fazilatlarga ega, ammo menimcha, dunyoning eng yaxshi darvozaboni bu Kurtua. Umid qilamanki, biz unga ishonishimiz mumkin, buni kelajak ko'rsatadi. Ammo birinchi ijobiy belgilar allaqachon mavjud", - dedi Garsiya HLN bilan suhbatda.
Avvalroq OAVda Kurtua Tedesko bilan sardorlik bog'ichi borasida janjal chiqqani haqida xabarlar tarqalgandi.