Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionatining shanba kuni bo'lib o'tadigan "Valyadolid" klubiga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor bo'lgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Ro'yxatga hujumchi Vinisius Junior kiritilmadi - braziliyalik futbolchi diskvalifikatsiyani o'taydi.
"Real Madrid"ning qaydnomasi quyidagicha ko'rinish oldi: Kurtua, Lunin, Fran Gonsales, Alaba, Vaskes, Fran Garsiya, Ryudiger, Mendi, Ramon, Asensio, Lorenso, Bellingem, Valverde, Modrich, Tchuameni, Gyuler, Sebalos, Mbappe, Rodrigo, Endrik, Braim Dias.
"Valyadolid" – "Real" uchrashuvi 26 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.