"Bornmut" markaziy himoyachisi Deyan Xeysen faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
The Sun xabariga ko'ra, "Barselona" va "Real" ingliz klubining 19 yoshli ispaniyalik markaziy himoyachisini kelajak uchun kuzatishmoqda.
"Giloslar" bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi bo'lgan futbolchining bo'yi 1,97 metr. Transfermarkt uni 18 million evroga baholamoqda.