Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” futbolchisini “Real”ga chaqirdi

“Manchester Yunayted” futbolchisi Anxel Gomesh faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirishi mumkin.

.
- Yuklab olish

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasida faoliyat olib borayotgan 17 yoshli futbolchi Anxel Gomesh faoliyatini dunyoning eng kuchli klublaridan biri — Madridning “Real” klubida davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Anxel Gomesh bilan telefon orqali aloqaga chiqib, uni Ispaniyaga ko'chib o'tishida yordam berishini aytib o'tgan.

Ronaldu Gomesh bilan o'tkazgan muloqotini “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peresga ham ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, yosh futbolchi hozircha “Manchester Yunayted” bilan professional shartnomaga ega emas. Anxel Gomesh o'tgan mavsum “Manchester Yunayted”ning asosiy tarkibida debyutini o'tkazgan bo'lib, u “Kristal Pelas”ga qarshi uchrashuv (2:0) da Ueyn Runi o'rniga 88-daqiqada maydonga tushirilgan.

E'tiborlisi shundaki, “qizil iblislar”ning 17 yoshli futbolchisi 2000-yilda tug'ilgan futbolchilar orasida Angliya chempionati doirasida ilk marta maydonga tushgan birinchi futbolchi hisoblanadi.

Bundan tashqari, Gomesh “Manchester Yunayted” a'zosi sifatida, APL o'yinlarida maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida qayd etilgan. Anxel maydonga tushgan vaqti 16 yoshu 263 kunni qarshilagandi.

Ma'lumot uchun, iqtidorli futbolchi “Manchester Yunayted”ning 18 yoshlilar tarkibida 12 marta gol urish bilan birga 6 marta assistentlik vazifasini ham bajargan.

Oldinroq “Real”ning ashaddiy raqibi “Barselona” klubi Gomesh xizmatlaridan foydalanishni rejalashtirgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

Qani ko'ramiz, yosh iqtidor egasi qaysi birini tanlaydi! Uning oldida faqat ikki yo'l bor — “Barselona” yoki “Real” ...

BestMaster
22 Sentabr 2017, 17:40
krishtianu, ronaldu, “manchester, yunayted”, futbolchisini, “real”ga, chaqirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads