Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» - «Betis». Zidanning o'yinoldi fikrlari (to'liq)

«Real Madrid» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya La ligasining 5-turi doirasida bo'lib o'tadigan «Betis»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

«Real Madrid» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya La ligasining 5-turi doirasida bo'lib o'tadigan «Betis»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Krishtianu Ronaldu haqida
«Krishtianu safimizga qaytayotganidan xursandmiz. Umid qilamiz, u boshqa o'yinlarni o'tkazib yubormaydi. Unga jamoa bilan birga bo'lish va biz bilan birga o'ynash yoqadi. Ertaga u «Santyago Bernabeu»ga qaytadi. Uning o'rnida boshqa futbolchi bo'lganida ham bundan xursand bo'lardi».

«Krishtianu Ronaldu haqida gapirganimizda, statistika barcha narsani ko'rsatib turibdi: Ronaldu va Messidan tashqari hech bir futbolchi son va sifat jihatdan buncha ko'p gol ura olmaydi. Ularning o'ziga xos jihati shunda. Ushbu natijani yaxshilash juda qiyin bo'ladi. Krishtianu o'z oldiga qo'ygan maqsadlar juda yuqori. U buni eplay olsa, hayron qolmayman».

«Betis»ga qarshi o'yin haqida
«Jamoa xuddi «Anoete»da bo'lgani kabi faol harakat qilishini istardim. Futbolchilarning o'zlari ham «Real Sosedad»ga qarshi bo'lgan o'yindagi kabi 90 daqiqani o'tkazishni istashadi. Ertangi o'yinda ham buni amalga oshirishga harakat qilamiz. Bizni eng ko'p xavotirga soladigan narsa — serharakatchanlik. Buning evaziga biz istalgan raqibni qiyin ahvolga solib qo'yamiz. Mavsum endi boshlandi. «Betis» o'z murabbiyi falsafasiga mos ravishda yaxshi o'ynashini bilaman. Qiyin o'yin kechishini taxmin qilyapmiz».

Golli seriya haqida
«Golli seriya shundan dalolat beradiki, jamoa yaxshi o'ynayapti. Biz gol urishni va g'alaba qozonishni istaymiz. Shu bois, golli o'yinlar seriyasini davom ettirib kelyapmiz. Bu futbolchilarning mehnati, ular to'xtab qolishmayapti. Biz o'yinlarni 1:0 hisobida engishni istamaymiz, boisi, bu haddan tashqari tavakkalchilik bo'lardi».

Hushtakbozlik haqida
«Muxlislar nima uchun hushtak chalishayotganini bilmayman. Stadionda barchaga nisbatan hushtakbozlik qilishgan. Lekin men buning yomon tomonini ko'rmayapman: bu futbolchilik faoliyatining bir qismi, ba'zan yaxshi o'ynay olmayotganingni tushunish foydali bo'ladi. Men o'z tajribamdan kelib chiqib gapiryapman. Har bir futbolchi keyingi uchrashuvda yanada yaxshiroq o'ynashni istaydi».

Dani Sebalos haqida
«U turli pozitsiyalarda o'ynay oladi. Texnik jihatdan to'pni o'ziga bo'ysundirishi qiyin emas. U turli pozitsiyalarda o'ynash uchun salohiyatga ega. U o'z ishiga jiddiy e'tibor qaratyapti. Hali mavsum olis, Danida o'ynash imkoniyati bo'ladi. Bunag ishonchim komil. O'tgan o'yinda u ozgina o'yin amaliyotiga ega bo'ldi».

Dani Karvaxal haqida
«U ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan xavotir olayotganim yo'q: u jismoniy jihatdan baquvvat. U ko'p o'yinlarda ishtirok etishi mumkin, ammo barcha bahslarda maydonga tushmaydi. Ko'ramiz, vaziyat qanday bo'ladi, hozircha hammasi yaxshi ketmoqda».

La ligadagi motivatsiya haqida
«La Liga – jahondagi eng murakkab chempionat. Shu bois, unda g'olib chiqish hamisha yoqimli. La ligada g'olib chiqqan kunimiz men uchun eng baxtli kun bo'lgandi. Chempionlar ligasi ham muhim, ammo kunlik ishimiz La liga ekanini futbolchilar tushunishadi».

Shartnomani uzaytirish borasida
«O'zimni «Madrid»da yaxshi his qilyapman, lekin shartnomaning uzaytirilishi men uchun hech narsa emas: meni har kungi ish qiziqtiradi, kelajak haqida o'ylamayapman».

Safardagi o'yinlar haqida
«Nima uchun uyda ochkolar yo'qotayotganimizni tushuntirib bera olmayman, lekin safarda g'alaba qozonyapmiz. Shu tariqa, La ligada g'olib chiqsak, bunga rozi bo'laman».

BestMaster
20 Sentabr 2017, 14:30
«real», «betis», zidanning, oyinoldi, fikrlari, toliq,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads