Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ispaniya kubogi. «Atletiko» Superkubokdagi mag'lubiyat uchun «Real»dan revansh oldi

Ispaniya kubogining nimchorak final bosqichida «Atletiko» va «Real» klublari o'zaro to'qnash kelib qolganidan xabaringiz bor.

.
- Yuklab olish

Ispaniya kubogining nimchorak final bosqichida «Atletiko» va «Real» klublari o'zaro to'qnash kelib qolganidan xabaringiz bor. «Metropolitano»da bo'lib o'tgan o'yin, xuddi Ispaniya superkubogida bo'lgani kabi, dramatik tarzda o'tdi.

Bahsning 39-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Samuel Lino hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi taymning ilk daqiqasida «Atletiko» darvozaboni Yan Oblak o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi.

57-daqiqada esa forvard Alvaro Morata darvolzabon Andrey Luninning xatosidan foydalanib, «matrachsilar»ni oldinga olib chiqdi. O'yinning asosiy vaqti tugashiga 8 daqiqa qolganida Xoselu hisobni tenglashtirdi. Natijada jamoalar ekstra-taymlarda o'yinni davom ettirishdi.

100-daqiqada esa Antuan Grizmann ajoyib yurishni amalga oshirib, "Atletiko"ni yana oldinga olib chiqdi. Qo'shimcha bo'limlar  tugashiga 1 daqiqa qolgani Rodrigo Rikelme mezbonlarning to'rtinchi golini urib, o'yin  taqdirini hal qildi.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya superkubogi yarim finalida asosiy vaqtda 3:3 hisobi qayd etilgan bo'lib, qo'shimcha bo'limlarda "Real" ikkita gol urgandi. "Qirollik klubi" Ispaniya kubogining amaldagi g'olibi hisoblanadi. Jamoa safar sovrinni boshqa klubga topshiradigan bo'ldi.

Ispaniya kubogi, nimchorak final
Atletiko – Real Madrid 4:2 (1:1, 1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 39 Lino, 1:1 – 45, avtogol Oblak, 2:1 – 57 Morata, 2:2 – 82 Xoselu, 3:2 – 100 Grizmann, 4:2 – 119 Rikelme.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Ermoso, Vittsel, Lorente (Barrios, 98), Koke, Saul (Molina, 56), De Pol (Aspilikueta, 105; Savich, 116), Grizmann, Morata (Depay, 98), Lino (Rikelme, 90).
Real Madrid – Lunin, Karvaxal, Nacho (Fran Garsiya, 105), Ryudiger, Mendi (Braim Dias, 66), Modrich (Kroos, 66), Valverde (Tchuameni, 73), Kamavinga (Sebalos, 105), Bellingem, Vinisius Junior, Rodrigo (Xoselu, 80).
Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (45), Kamavinga (56), Morata (58), Braim Dias (68), Ermoso (68), De Pol (78), Koke (80), Simeone (83), Tchuameni (85), Bellingem (87), Karvaxal (89), Grizmann (101), Vittsel (113).

BestMaster
19 Yanvar 2024, 07:00
ispaniya, kubogi, «atletiko», superkubokdagi, maglubiyat, uchun, «real»dan, revansh, oldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads