Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Anchelotti Modrich nega zaxirada qoldirilganini tushuntirdi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Luka Modrich nega “Barselona”ga qarshi Ispaniya Superkubogi finalini asosiy tarkibda boshlamaganiga izoh berdi.

.
- Yuklab olish

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Luka Modrich nega “Barselona”ga qarshi Ispaniya Superkubogi finalini asosiy tarkibda boshlamaganiga izoh berdi. Eslatib o'tamiz, xorvatiyalik futbolchi 81-daqiqada maydonga tushdi. Madridning “Real” klubi “Barselona”ni 4:1 hisobida mag'lub etib, kubokni qo'lga kiritdi.

"Atletiko Madrid"ga qarshi o'yinda Modrich juda yaxshi o'ynadi, ammo "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan Toni Kroos o'zini yaxshi his qildi. Luka biroz charchagan edi. Ba'zida katta o'yinchilarni zaxira o'rindig'ida qoldirishga to'g'ri keladi", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, 38 yoshli Modrichning "Qirollik klubi" bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.

BestMaster
15 Yanvar 2024, 13:00
anchelotti, modrich, nega, zaxirada, qoldirilganini, tushuntirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads