Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Manchester Yunayted" Kazemiroga o'rinbosar topishi kerak. Klub navbatdagi yirik xaridga tayyormi?

"Manchester Yunayted" o'tgan yozda Madridning "Real" klubida yarim himoya chizig'ini mustahkamlash maqsadida Kazemironi sotib oldi.

.
- Yuklab olish

"Manchester Yunayted" o'tgan yozda Madridning "Real" klubida yarim himoya chizig'ini mustahkamlash maqsadida Kazemironi sotib oldi. Bu transfer jamoaga juda katta foyda keltirdi. "Qizil iblislar" yarim himoya chizig'ida braziliyalik futbolchi haqiqiy tartibni o'rnata oldi. U maydonda bo'lganda sheriklari ancha erkin harakat qiladi, shuningdek Kaze standart vaziyatlar orqali jamoasiga juda muhim pallalarda yordam beradi. Ammo, bir muammo bor mankunianliklar Kazemiro bo'lmagan o'yinlarda ancha qiynalmoqda, shu sababdan jamoa navbatdagi transfer oynasida uning pozitsiyasida harakat qiladigan futbolchi bilan shartnoma imzolashi kerak.

"Yunayted" yangiliklariga ixtisoslashgan bir qancha nashrlarning ma'lumotlariga ko'ra, Kazemiro ingliz klubiga "Real"ning 20 yoshli yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani xarid qilishni maslahat bergan. Jamoa shu yozda frantsuzni qo'lga kiritish uchun harakat qilishga tayyor.

Ten Xag keyingi mavsumda Kazemiro bilan birga o'ynash uchun yuqori sifatli yarim himoyachi qidirmoqda. “Arsenal” Deklan Rays uchun kurashda peshqadamlik qilayotgani uchun bosh murabbiy o'z qiziqishini frantsuzga qaratgan.

Bu qarorda Kazemiro katta rol o'ynagan ko'rinadi. Aytishlaricha, u "Manchester Yunayted" rahbarlariga Eduardo bilan shartnoma imzolashni aytgan, chunki u Kamavinganing fazilatlari jamoa uchun juda mos keladi deb hisoblaydi.

Kamavinga Luka Modrich, Toni Kroos, Fede Valverde va Orelen Tchuameni bilan yarim himoyadagi raqobatga qaramay, Anchelotti asosiy tarkibiga kira oldi.

Xabarlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" Eduardo uchun aql bovar qilmaydigan 130 million evro (115 million funt) berishga tayyor. Agar shunday bo'lsa, bu klubning 2016 yilda Pol Pogba uchun sarflagan 89 million funtdan oshib ketgan holda eng yirik transferi bo'ladi.

Nima deb o'ylasiz, Kamavinga "qaymoqranglilar"ni tark etib, "qizil iblislar"ga o'tadimi?

BestMaster
9 Mart 2023, 00:00
manchester, yunayted, kazemiroga, orinbosar, topishi, kerak, klub, navbatdagi, yirik, xaridga, tayyormi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads