Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" Kazemironi o'z safida saqlab qolishga harakat qilgani ma'lum bo'ldi

"Real" o'tgan yozda braziliyalik yarim himoyachi Kazemironi o'zida saqlab qolishni rejalashtirgan, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.

.
- Yuklab olish

"Real" o'tgan yozda braziliyalik yarim himoyachi Kazemironi o'zida saqlab qolishni rejalashtirgan, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Manba bergan xabarga ko'ra, madridliklarning xohishiga qaramay, "Manchester Yunayted" qo'ng'iroq qilganida, yarim himoyachi bu taklifni qabul qilib, "Real"dan ketishga qaror qilgan. Qayd etilishicha, Kazemiro "mankunianliklar"dan tashqari boshqa jamoaga o'tishga yaqin emas edi.

Eslatib o'tamiz, Kazemiro 2013 yildan 2022 yilgacha "Real" sharafini himoya qilgan. Braziliyalik futbolchi "qaymoqranglilar" bilan birgalikda besh marta Chempionlar ligasida g'olib chiqdi va uch marta Ispaniya chempioni bo'ldi.

31 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

BestMaster
28 Fevral 2023, 14:20
kazemironi, safida, saqlab, qolishga, harakat, qilgani, malum, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads