Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

The Best. Bugun FIFA talqini bo'yicha eng yaxshilar aniqlanadi. Messi Ronaldu va Levandovskiga etib olishi mumkin

FIFA 27 fevral, dushanba kuni mavsumning eng yaxshilariga The Best sovrinini topshiradi.

.
- Yuklab olish

FIFA 27 fevral, dushanba kuni mavsumning eng yaxshilariga The Best sovrinini topshiradi. Sovrindorlar 2021/22 yilning mavsumning boshlanishidan JCh—2022 ning tugashigacha bo'lgan davrdagi natijalar bo'yicha aniqlanadi.

Marosimda erkaklar va ayollar o'rtasida eng yaxshi futbolchi, murabbiy, darvozabon va yil ramziy terma jamoasi aniqlanadi. Shuningdek, eng yaxshi muxlis, fer-pley sovrini va yilning eng chiroyli goli muallifiga topshiriladigan “Pushkash sovrini” o'z egalarini topadi.

Intrigalar. Agar Messi ushbu sovringa ega chiqadigan bo'lsa bu borada Ronaldu va Levandovskiga etib oladi. Kurtua ikki marta ushbu sovringa ega chiqqa ilk darvozabon bo'lishi mumkin. Murabbiylar orasida yangi sovrindor aniqlanadi. Ha, Gvardiola hali bu sovringa ega chiqmagan.

Yilning eng yaxshi o'yinchisi nomiga da'vogarlar

Karim Benzema (“Real”, Frantsiya)
Lionel Messi (“PSJ”, Argentina)
Kilian Mbappe (“PSJ”, Frantsiya)

Yilning eng yaxshi darvozaboni nomiga da'vogarlar

Emiliano Martines (“Aston Villa”, Argentina)
Tibo Kurtua (“Real”, Belgiya)
Yassin Bunu (“Sevilya”, Marokash)

Yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga da'vogarlar

Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”)
Lionel Skaloni (Argentina)
Karlo Anchelotti (“Real”)

“Pushkash sovrini”ga da'vogarlar

Martsin Oleksi (“Varta Poznan”; “Stal”ga qarshi o'yinda urilgan gol)
Dimitri Paet (“Marsel”; Konferentsiyalar Ligasida “PAOK”ga urilgan gol)
Risharlison (Braziliya; JCh—2022 da Serbiyaga qarshi o'yinda urilgan gol)

Bu yilgi The Best marosimini Parij shahrida o'tkaziladi. Marosim O'zbekiston vaqti bilan 27 fevraldan 28 fevralga o'tar kechasi soat 01:00 da start oladi.

The Best tarixi haqida

Ushbu sovrin FIFA tomonidan 2016 yilda asos solingan. Ilk marosim 2017 yilning 9 yanvarida o'tkazilgan. Quyida barcha asosiy sovrindorlar bilan tanishing:

Yil Futbolchi Darvozabon Murabbiy 2016 Krishtianu Ronaldu Aniqlanmagan Klaudio Raneri 2017 Krishtianu Ronaldu Janluiji Buffon Zinedin Zidan 2018 Luka Modrich Tibo Kurtua Dide Desham 2019 Lionel Messi Alisson Bekker Yurgen Klopp 2020 Robert Levandovski Manuel Noyer Yurgen Klopp 2021 Robert Levandovski Eduar Mendi Tomas Tuxel

 

BestMaster
27 Fevral 2023, 19:40
best, bugun, fifa, talqini, boyicha, yaxshilar, aniqlanadi, messi, ronaldu, levandovskiga, etib, olishi, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads