Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Messi "kuchli beshlik" chempionatlarida 700 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi kecha o'ziga xos rekordni qayd etdi.

.
- Yuklab olish

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi kecha o'ziga xos rekordni qayd etdi.

Hujumchi Liga 1ning 25-turi doirasidagi "Marsel" darvozasini ishg'ol qildi (3:0). Bu gol uning klub miqyosidagi 700-goli bo'ldi.

Messi top-5 ligada 700 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Uning hisobida “Barselona” safida 672 ta, “PSJ” safida esa 28 ta gol bor. Bu ko'rsatkichga erishish uchun unga 840 ta o'yin kerak bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, 2022 yil oktyabr oyida o'sha paytda “Manchester Yunayted”da o'ynagan Krishtianu Ronaldu ham faoliyatidagi 700 ta golini kiritgandi. O'shanda u "Real Madrid" uchun 450, "Manchester Yunayted" uchun 144, "Yuve" uchun 101, "Sporting" uchun 5 ta gol urgan.

Portugaliya chempionati top-5 ligalar qatoriga kirmaydi, shuning uchun Ronalduning "Sporting"da urgan 5 ta goli hisobda hisobga olinmaydi.

BestMaster
27 Fevral 2023, 13:00
messi, kuchli, beshlik, chempionatlarida, urgan, birinchi, futbolchiga, aylandi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads