Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» bir kishi kam bo'lib o'ynagan «Atletiko»ga qarshi bahsda mag'lubiyatdan qutulib qoldi

«Real» Ispaniya chempionatining 23-turi doirasida o'z maydonida «Atletiko»ni qabul qilib, ochko yo'qotdi.

.
- Yuklab olish

«Real» Ispaniya chempionatining 23-turi doirasida o'z maydonida «Atletiko»ni qabul qilib, ochko yo'qotdi.

Birinchi bo'limda teng o'yin bo'ldi va hisob ochilmadi. BAhsning 64-daqiqasida esa "matraschilar" yarim himoyachisi Anxel Korrea maydon markazida Ryudigerning qorniga urgani uchun maydondan chetlatildi.

Bir kishi kam bo'lib o'ynayotgan "Atletiko" 79-daqiqada "standart"da hisobni ochdi: Grizmann etkazib bergan uzatmani Xose Ximenes bosh bilan darvozaga burib yubordi.

85-daqiqada esa 18 yoshli Alvaro Rodriges hisobni tenglashtirdi. Modrich burchakdan etkazgan to'pga "Madrid" tarbiyalanuvchisi bosh bilan zarba berib, to'pni darvozaga joyladi.

O'yinda durang qayd etildi. "Barselona" ertaga "Almeriya"ni mag'lub etsa, farqni 10 ochkoga etkazadi.

Ispaniya chempionati, 23-tur
Real Madrid – Atletiko 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 78 Ximenes, 1:1 – 85 Rodriges.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 83), Ryudiger, Militao, Nacho (Rodriges, 77), Kroos (Kamavinga, 63), Sebalos (Modrich, 63), Valverde, Benzema, Asensio (Tchuameni, 63), Vinisius Junior.
Atletiko – Oblak, Molina, Savich, Ermoso, Reynildu (Ximenes, 23), Lorente (Lemar, 57), Saul (Morata, 76), Koke (Vittsel, 77), Barrios (Korrea, 46), Karrasko, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Militao (7), Koke (22), Lorente (36), Nacho (56), Molina (71), Modrich (90).
Chetlatish: Korrea (64).

BestMaster
26 Fevral 2023, 00:40
liga, «real», kishi, bolib, oynagan, «atletiko»ga, qarshi, bahsda, maglubiyatdan, qutulib, qoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads