Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga «Barselona» bilan bog'liq mojaro yuzasidan bayonot berdi

Ispaniya La ligasining deyarli barcha klublari «Barselona» bilan bog'liq mojaro yuzasidan bayonot bilan chiqishdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La ligasining deyarli barcha klublari «Barselona» bilan bog'liq mojaro yuzasidan bayonot bilan chiqishdi.

Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar 2016 yildan 2018 yilgacha Ispaniya hakamlar qo'mitasi vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga 1,4 mln evro miqdorida pul to'lagan. Bundan tashqari, "Barsa" 2001 yilda Negreyraga 6,66 mln evro bergan.

Bugun La liga va Segundaning 40 ta klubi vaziyat yuzasidan bayonot berdi. Ushbu bayonotga faqat "Real" qo'shilmadi.

«Klublar Negreyra va «Barselona» bilan bog'liq faktlarni muhokama qilishmoqda. La liga ushbu ishni diqqat bilan o'rganmoqda va qonun doirasida ish ko'radi.

La liga Ijroqo'mning barcha a'zolariga o'tkazilgan turli harakatlar, xususan, prokuraturaning xati, ma'lumotlar berish va boshqa harakatlarga oydinlik kiritib berdi. Olib borilayotgan surishtiruv ishlariga ta'sir ko'rsatmasligi uchun bu harakatlarni hozircha oshkor qila olmaymiz.

La liga klublari ushbu vaziyat yuzasidan chuqur tashvishda ekanliklarini ma'lum qilishdi va ular vaziyatni jiddiy deya hisoblashmoqda. Qo'shma bayonot berish haqidagi taklifni La liga va Segundaning 2ta klubidan tashqari («Barselona» va «Real») barcha jamoalari qo'llab-quvvatlashdi.

La liga va klublarning ijroiya qo'mitalari ma'lum faktlarni muhokama qilishmoqda, sodir bo'lgan vaziyatdan tashvishga tushishmoqda va Negreyra ishi bilan bog'liq har qanday qoidabuzarlikni aniqlash ustida faol ishlashmoqda.

La liga ushbu masalani diqqat bilan kuzatmoqda va qonun doirasida harakat qiladi», – deyiladi bayonotda.

BestMaster
21 Fevral 2023, 22:40
liga, «barselona», bilan, bogliq, mojaro, yuzasidan, bayonot, berdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads