Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mbappe Ashraf bilan birga "Real"ga o'tmoqchi

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Madrid klubi uning jamoadoshi himoyachi Ashraf Hakimi bilan shartnoma imzolagan taqdirdagina "Real"ga o'tishga tayyor, deya xabar beradi Todofichajes.

.
- Yuklab olish

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Madrid klubi uning jamoadoshi himoyachi Ashraf Hakimi bilan shartnoma imzolagan taqdirdagina "Real"ga o'tishga tayyor, deya xabar beradi Todofichajes.

Nashrning yozishicha, “qaymoqranglilar” rahbariyati allaqachon frantsiyalik futbolchining xohish-istaklaridan xabardor va ikki futbolchining transferini ko'rib chiqishga tayyor.

Hakimiy "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2015 yildan 2020 yilgacha Madrid jamoasi tizimida o'ynagan.

Marokashlik va parijliklar o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portaliga ko'ra futbolchining narxi 70 million evroga baholanmoqda.

2022 yilning yozida Mbappe "Real"ga tekinga o'tish imkoniyatiga ega bo'ldi. Biroq so'nggi pallada frantsuz o'z fikridan qaytdi va parijliklar bilan shartnomani uzaytirdi.

24 yoshli frantsiyalik futbolchining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. U "Real"ga o'tish uchun 2024 yilning yozida shartnomani bekor qilishi mumkinligi xabar qilingandi.

U joriy mavsum parijliklar safida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko'ra futbolchining narxi 180 million evroga baholanmoqda.

BestMaster
20 Fevral 2023, 19:20
mbappe, ashraf, bilan, birga, realga, otmoqchi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads