Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Karlo Anchelotti: «La liga g'olibligi uchun kurashda qolayotganimiz muhim ahamiyatga ega»

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida bo'lib o'tgan «Osasuna»ga qarshi o'yin (2:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida bo'lib o'tgan «Osasuna»ga qarshi o'yin (2:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

«Ikkinchi bo'limdagi o'yinimizni birinchi bo'limda namoyish eta olganimizda, uchrashuv taqdirini ertaroq hal qilgan bo'lardik. Ammo menga jamoaning jipsligi yoqdi. La ligada g'oliblik uchun kurashda qolayotganimiz muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun stadionni xursand holda tark etamiz.

Tarkib borasida muammolar chekinmoqda. Bizda Tchuameni bilan bog'liq muammo bor edi. Kroos mashg'ulotlarga qaytdi. Benzema seshanbaga qadar tiklanishga ulguradi. Shuning uchun "Liverpul"ga qarshi o'yinga yaxshi dinamika va o'zimizga ishongan holda kelamiz», — dedi Anchelotti.

BestMaster
19 Fevral 2023, 07:40
karlo, anchelotti, «la, liga, golibligi, uchun, kurashda, qolayotganimiz, muhim, ahamiyatga, ega»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads