Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Parijda bo'lib o'tgan EChL finali oldidan yuz bergan tartibsizliklarda UEFA bosh aybdor deb topildi

Evropa Chempionlar Ligasining 2021/22 yilgi mavsumi finali doirasidagi “Liverpul” — “Real” (0:1) uchrashuvi arafasida yuz bergan hodisalar yuzasidan hisobot e'lon qilindi.

.
- Yuklab olish

Evropa Chempionlar Ligasining 2021/22 yilgi mavsumi finali doirasidagi “Liverpul” — “Real” (0:1) uchrashuvi arafasida yuz bergan hodisalar yuzasidan hisobot e'lon qilindi.

Mustaqil komissiya Parijdagi “Stad de Frans” stadionida yuz bergan voqealarda UEFAni aybdor deb topgan. Mazkur komissiyaga ushbu ishni tekshirish vazifasi aynan UEFA tomonidan yuklatilgandi.

2022 yilning 28 may kuni EChL finali oldidan stadionga kirish hududida tiqilinchliklar yuz bergandi. Frantsiya politsiyasi muxlislar harakatini to'xtatishda ko'zdan yoz oqizuvchi gaz va boshqa vositalarni ishlatishga majbur bo'lgan. O'yinning boshlanish vaqti esa 36 daqiqaga kechikkandi.

UEFA va Frantsiya hukumati o'sha vaqtda tartibsizliklarga soxta chipta bilan kelgan muxlislar, xususan, “Liverpul” ishqibozlarini sabab qilib ko'rsatgandi.

Mustaqil komissiya hisobotida qayd etilishicha, fojiaga aylanishi mumkin bo'lgan ushbu hodisa uchun asosiy javobgar — UEFA. Hodisaga soxtalashtirilgan chiptalar muammosi sabab bo'lgani borasida dalillar yo'q.

"UEFA xavfsizlik masalasida nazorat va boshqaruvni o'z qo'liga olishi kerak edi. Ko'rinib turibdiki, bu ro'y bermagan", — deyiladi hisobotda.

Komissiya tartibsizliklarga sabab bo'lgan qator faktorlarni sanab o'tgan. Xususan, vokzal va stadion orasidagi marshrut yaxshi rejalashtirilmagani; “Liverpul” muxlislarining katta oqimi vokzaldan “Stad de Frans”ga yo'l olgani; Mahalliy muxlislarning stadion atrofida yig'ilish imkoniyati cheklanmagani va boshqalar.

"Bu hodisada o'lim yuz bermagani mo'jiza", — deyiladi hisobotda.

Qayd etilishicha, tartibsizliklar vaqtida “Liverpul” muxlislarining birdam harakati “yana-da jiddiy talafot va o'limlar”ni oldini olgan.

Hisobotda Frantsiya politsiyasining harakati ham tanqid ostiga olingan. Eskpertlar Parij—2024 Olimpiya o'yinlari arafasida bunday hodisaning yuz berishi mamlakat uchun “ogohlik qo'ng'irog'i” bo'lishi kerakligini qayd etgan.

BestMaster
14 Fevral 2023, 12:00
parijda, bolib, otgan, echl, finali, oldidan, bergan, tartibsizliklarda, uefa, bosh, aybdor, topildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads