Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" Benzemaning o'rniga ikki superforvard transferini ko'rib chiqmoqda

Madridning "Real" klubi Dushan Vlaxovich va Risharlisonga qiziqish bildirmoqda.

.
- Yuklab olish

Madridning "Real" klubi Dushan Vlaxovich va Risharlisonga qiziqish bildirmoqda.

ESPN xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" hujum chizig'ini kuchaytirishni yozgi transfer oynasining "asosiy" maqsadi deb bilishadi. "Yuventus" hujumchisi Vlaxovich va "Tottenxem" hujumchisi Risharlison jarohat tufayli "Real Madrid"ning joriy mavsumdagi 20ta o'yinidan atigi 12tasida maydonga tushgan Karim Benzemaga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.

Ayni paytda 35 yoshli hujumchining o'rnini bosadigan yagona futbolchi Mariano Dias bo'lib, avval xabar qilinganidek, u 2023 yilning yozida shartnomasi yakunlanganidan keyin klubni tark etadi.

Shuningdek, Madridning “Real” klubi boshqa pozitsiyalarni, jumladan, Rodrigo va Federiko Valverde bilan raqobatlashadigan o'ng qanot hujumini ham mustahkamlash niyatida ekani xabar qilingan. "Bavariya" vingeri Kingsli Koman bu pozitsiyani mustahkamlash variantlari orasida ko'rilmoqda.

BestMaster
14 Fevral 2023, 06:00
benzemaning, orniga, ikki, superforvard, transferini, korib, chiqmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads