Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real», «Barselona» va «Yuventus» Evropa superligasi musobaqasini yo'lga qo'yishga yana taraddudni boshlashdi

«Real», «Barselona» va «Yuventus» klublari Evropa superligasi g'oyasini qayta amalga oshirish uchun harakatlarni boshlashdi.

.
- Yuklab olish

«Real», «Barselona» va «Yuventus» klublari Evropa superligasi g'oyasini qayta amalga oshirish uchun harakatlarni boshlashdi. Bu haqda musobaqa bosh direktori Bernd Rayxart xabar tarqatdi.

A22 kompaniyasi tarqatgan xabarga ko'ra, Evropaning 50dan ortiq klublari bilan olib borilgan muzokaralar oqibatida yangi loyiha yuzaga kelgan.

Superliganing yangi versiyasiga ko'ra, loyiha bir nechta divizionlardan iborat bo'ladi hamda jami 60 tadan 80 tagacha klub ishtirok etadi. Har bir jamoa bir mavsumda kamida 14ta o'yin o'tkazadi. Hozircha divizionlarda nechtadan klub ishtirok etishi aniq emas.

«Real», «Barselona» va «Yuventus» klublari Evropa superligasining yangi formatini hozircha sir saqlashmoqda.

Eslatib o'tamiz, 2021 yilning aprel oyida Superligasi ilk marta e'lon qilinganidan keyin muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgandi. O'shanda «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Liverpul», «Chelsi», «Arsenal», «Tottenxem», «Barselona», «Real», «Atletiko», «Yuventus», «Inter» va «Milan» klublari musobaqa ta'sischilari sifatida e'tirof etilishgandi.

BestMaster
9 Fevral 2023, 15:40
«real», «barselona», «yuventus», evropa, superligasi, musobaqasini, yolga, qoyishga, yana, taraddudni, boshlashdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads