Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Atletiko" futbolchisi: "Sebalos maydondan chetlatilishi kerak edi"

"Atletiko" yarim himoyachisi Rodrigo De Paul Ispaniya kubogi chorak finalida "Real"ga qarshi o'yin natijasi (1:3) adolatsiz ekanligini, chunki bosh hakam "qaymoqranglilar" yarim himoyachisiga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatmaganini aytdi. 

.
- Yuklab olish

"Atletiko" yarim himoyachisi Rodrigo De Paul Ispaniya kubogi chorak finalida "Real"ga qarshi o'yin natijasi (1:3) adolatsiz ekanligini, chunki bosh hakam "qaymoqranglilar" yarim himoyachisiga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatmaganini aytdi.

"Biz juda xafamiz, chunki bu adolatsiz natija edi. Biz qo'limizdan kelganini qildik, lekin bu futbol. Vaqt hamma uchun bir xil o'tadi, lekin bugun boshqacha edi. 11ga qarshi 10 ta o'yinchi o'ynashi juda qiyin.

Biz Sebalosga ikkinchi sariq kartochka berilishi kerak edi, deb hisoblaymiz, bu aniq. Hamma bir xil narsani ko'rdi. Albatta, hammamiz xato qilishimiz mumkin, ammo qaror bizning foydamizga chiqishini istargandik.

Bu adolatsiz natija edi, jamoa harakat qildi. Biz Chempionlar ligasi uchun kurashishimiz kerak, bu klubning asosiy maqsadi, bizni bir necha qiyin oylar kutib turibdi, ammo jamoa tayyor", - dedi De Paul Marca bilan suhbatda.

BestMaster
27 Yanvar 2023, 13:00
atletiko, futbolchisi, sebalos, maydondan, chetlatilishi, kerak,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads