Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronalduning debyuti muvaffaqiyatsiz bo'ldi

Krishtianu Ronaldu “An-Nasr” safida debyut qildi. Ko'pchilik besh karra “Oltin to'p” sohibi Saudiya Arabistoni to'purarlari rekordini birinchi o'yindanoq yangilay boshlaydi deb kutgandi, ammo bu amalga oshmadi. 

.
- Yuklab olish

Krishtianu Ronaldu “An-Nasr” safida debyut qildi. Ko'pchilik besh karra “Oltin to'p” sohibi Saudiya Arabistoni to'purarlari rekordini birinchi o'yindanoq yangilay boshlaydi deb kutgandi, ammo bu amalga oshmadi. “Al-Ittifoq” bilan uy uchrashuvida yulduz hujumchi gol ura olmadi.

Portugaliyalik 90+ daqiqada to'pga 41 marta teginish amalga oshirdi, to'rtta zarba berdi (faqat bitta nishonga), 89% aniq uzatmalarni berdi. Sofascore.com statistik sayti Krishtianuning o'yiniga bor-yo'g'i 6,9 ball berdi: taqqoslash uchun uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi braziliyalik Anderson Taliska 7,7 ball oldi.

Ronalduning Saudiya Arabistonidagi debyuti haqida OAVlar qanday fikrda?

“The Mirror” jurnalisti Ben Huzband, o'z navbatida, portugaliyalikning xatti-harakati o'zgarganini payqadi.

“U final hushtagi chalinganidan keyin aylanib, barcha jamoadoshlari bilan salomlashdi. Bu haqiqatan ham kunning mavzusi. U o'yin davomida ijobiy o'ynadi va "Manchester Yunayted"da ko'pincha etishmayotgan narsani namoyish etdi. Uning o'yininidan ko'p narsa kutilganini inkor etib bo'lmaydi, ammo Krishtianuning Saudiya Arabistonidagi o'yini bu faoliyatini tugatish uchun qilingan qadam emasligini isbotladi. “Al-Ittifoq” o'yinda u qo'lidan kelganini qildi. Ronaldu jamoasida yangi muhitga moslashishiga yordam beradigan yana bir haqiqiy yulduz Taliska borligidan xursand bo'ladi”.

Ispaniyaning Marca nashrida Ronalduning “An-Nasr” safidagi ilk uchrashuvi quyidagicha baholangan:

“Ronaldu Ar-Riyoddagi debyutidan so'ng achchiq tuyg'u bilan maydonni tark etdi. Uning jamoasi – Saudiya Arabistoni chempionatining yangi peshqadamiga aylanib oldi, ammo “An-Nasr” sardori o'zi va butun oilasi orzu qilgan golni nishonlay olmadi.

Uchrashuvda faqat bitta intriga bor edi - Krishtianu gol uradimi. Hamma buni kutayotgandi: neytral tomoshabinlar, “An-Nasr” muxlislari, uning jamoadoshlari. Mahalliy futbolchilar g'alaba qozonish uchun o'ynashga harakat qilishmadi. Ular yulduzni gol urishiga intilardi”.

Today90.com Ronalduning Saudiya Arabistoni chempionatida ilk o'yinida bo'lgan muhit haqida yozdi.

“O'yin boshlanishiga bir necha soat qolganida minglab “An-Nasr” muxlislari portugaliyalik superyulduzning debyutiga guvoh bo'lish uchun “Mrsul Park” arenasi darvozasi oldiga to'planishdi.

Ronalduning debyuti atrofidagi qizg'inlik yana-da kuchaydi, chunki "An-Nasr" muxlislari o'z klubi liga va qit'a kubogida g'olib bo'lishini tabiiy deb qabul qilishmoqda. Biroq, CR7ning birinchi o'yini umidlarni oqlamadi. Jamoa 1:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa-da, gol portugaliyalik emas, Taliska tomonidan urildi.

Darhaqiqat Ronalduning debyutini uning muxlislari kutganidek bo'ldi, deyishdan yiroqmiz. Lekin futbolda shunday vaziyatlar ham bo'lib turadi. Bu ko'pincha yangi jamoa va muhitga ko'nikish tufayli sodir bo'ladi. Krishtianuning o'yini haqidagi to'liq bahoni esa bir nechta turdan so'nggina bersak bo'ladi.

BestMaster
23 Yanvar 2023, 09:40
ronalduning, debyuti, muvaffaqiyatsiz, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads