Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Asensio: “Menga raqibning farqi yo'q”

Xabaringiz bor, kecha Ispaniya superkubogining yarim finalidan o'rin olgan bahsda “Real” (Madrid) va “Valensiya” (Valensiya) jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. 

.
- Yuklab olish

Xabaringiz bor, kecha Ispaniya superkubogining yarim finalidan o'rin olgan bahsda “Real” (Madrid) va “Valensiya” (Valensiya) jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Mazur o'yining asosiy vaqti hamda “ekstra-taymlar”da durang – 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa omad madridliklarga kulib boqdi – 4:3.

Uchrashuv yakunlanganidan so'ng, “Real” yarim himoyachisi Marko Asensio o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin qiyin kechdi. Har ikki jamoaga ham ritm etishmadi. Bizga og'ir bo'ldi, ammo finaldamiz va eng asosiysi shu.

- Bahsning qiyin kechishiga nima sabab bo'ldi?

- Ikkinchi bo'limdagi tezkor gol barchasini barbod qildi. “Valensiya” ham yaxshi o'ynadi va buni tan olishimiz kerak.

- Jismoniy tomonlama jamoangiz “Valensiya”ga qaraganda o'yin oxiriga katta zaxira bilan etib keldimi?

- Bahsni penaltilargacha olib bormaslik uchun biz gol urishni istagandik. Ammo to'p darvozaga kiravermadi. Finalda ekanligimizdan xursandmiz.

- Finalda qaysi jamoaga raqib bo'lishni xohlaysiz – “Barselona”gami yoki “Betis”gami?

- Menga raqibning farqi yo'q.

BestMaster
12 Yanvar 2023, 14:40
asensio, “menga, raqibning, farqi, yoq”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads