Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» Beylga minnatdorchilik bildirdi

«Real» klubi kuni kecha futbolchilik faoliyatini yakunlagan Garet Beylga minnatdorchilik bildirdi.

.
- Yuklab olish

«Real» klubi kuni kecha futbolchilik faoliyatini yakunlagan Garet Beylga minnatdorchilik bildirdi.

«Garet Beyl proessional futboldan ketayotgani haqida bayonotdan kelib chiqib «Real Madrid» klubi unga minnatdorchilik bildiradi va o'z mehrini izhor qiladi.

Garet Beyl 2013 yilda «Real Madrid»ga kelgan va 9 yil davomida klub sharafini himoya qildi. Bu davr mobaynida u 5 marta EChL, 4 marta klublar o'rtasidagi JCh, 3 marta Evropa superkubogi, 3 marta La liga, 1 marta Ispaniya kubogi va 3 marta Ispaniya superkubogida g'olib chiqdi. U 2018 yilda Chempionlar ligasi finalning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi va o'sha yili klublar o'rtasidagi JChning eng yaxshi o'yinchisiga beriladigan "Oltin to'p"ga ega bo'ldi.

Garet Beyl klubimiz tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrlardan birining bir bo'lagi bo'ldi. U so'nggi 10 yillikda eng yorqin o'yinlari bilan muxlislar yodida qoladi. Xususan, 2014 yilgi Ispaniya kubogi finalida unutilmas reyd orqali urgan goli va 2014 yilda o'tkazilgan Lissabondagi Chempionlar ligasi finalida yoki 2018 yili Kievda bo'lib o'tgan EChL finalida chalqancha uslubda urgan gollari futbol muxlislarining xotirasida umrbod qoladi.

Uning shaxsi klubimiz tarixi bilan umrbod bog'lanib qoladi.

Omad, Garet, senga va oilangga eng yaxshi tilaklarni bildiramiz», – deyiladi "Real" tarqatgan bayonotda.

BestMaster
10 Yanvar 2023, 09:20
«real», beylga, minnatdorchilik, bildirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads