Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Benzemaning sobiq agenti: «Frantsiya Qatarga jo'nab ketganidan bir hafta o'tib, Karim yugurish mashqlarini boshlagandi»

Karim Benzemaning do'sti hujumchi JCh—2022 da Frantsiya tarkibiga chaqirilmagani haqida gapirdi.

.
- Yuklab olish

Karim Benzemaning do'sti hujumchi JCh—2022 da Frantsiya tarkibiga chaqirilmagani haqida gapirdi.

Frantsiyalik futbolchi Qatardagi mundial boshlanishidan bir necha kun oldin kichik jarohat oldi va u turnirda ishtirok etmasligi ma'lum bo'ldi. Dide Desham futbolchini terma jamoaga chaqirmadi.

«Frantsiya Qatarga jo'nab ketganidan bir hafta o'tib, Benzema yugurish mashqlarini boshladi va mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Uning maqsadi 4 kundan so'ng "Real" safida o'rtoqlik o'yinida 30 daqiqa maydonga tushish edi. Lekin Stefanning (Dide Deshamning Frantsiya terma jamoasidagi yordamchisi) talqiniga ko'ra, u musobaqada ishtirok eta olmasdi!

Yolg'on gapirishda davom eting, biroq haqiqat bir kun yuzaga chiqadi», — deydi Benzemaning yaqin do'sti va sobiq agenti Karim Jaziri.

Karim Benzema 19 dekabr kuni Frantsiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi. 35 yoshli futbolchi JCh-2022 da ishtirok etmaganining asosiy sababi sifatida Dide Desham u bilan yaxshi munosabatda bo'lmaganini ko'radi.

BestMaster
26 Dekabr 2022, 21:20
benzemaning, sobiq, agenti, «frantsiya, qatarga, jonab, ketganidan, hafta, otib, karim, yugurish, mashqlarini, boshlagandi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads